Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda yapon uslubida zamonaviy mehmonxona quriladi Uc | IpakNews.uz

O‘zbekistonda yapon uslubida zamonaviy mehmonxona quriladi

Uchrashuv davomida turistik kompaniya vakillaridan 13 apreldan boshlab Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Tokio-Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysi qayta tiklanishini inobatga olgan holda Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirishda amaliy ko‘mak so‘raldi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha H.I.S. Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi turizm kontentlari sifatida ekoturizm, gastronomik, ekstrim turizm yo‘nalishlarida turpaketlar ishlab chiqish, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida yapon tilida broshyuralar chop etish, mamlakatda yapon uslubidagi zamonaviy mehmonxona qurish va kompaniya rahbariyati hamda yapon tur operatorlaridan iborat delegatsiyaning yurtimizga ishchi missiyasini tashkil etish bo‘yicha  kelishuvga erishildi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews