Get Mystery Box with random crypto!

#Xushxabar 4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASH | Inter House

#Xushxabar

4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!

Endi o‘quvchilarimizning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Agentligimiz tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo'lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

Muhimi, Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish jarayonida.

Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

Bu haqda saytimizda batafsil o'qing.