Get Mystery Box with random crypto!

​​Biometrik pasportga ega bo‘lmaganlar ham Milliy test tizimi | INTELLECTUAL PROGRESS NTM

​​Biometrik pasportga ega bo‘lmaganlar ham Milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

Ma’lumki, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) hamda matematika fanlaridan Milliy test tizimi uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 31-dekabrga qadar davom etadi.

Hozirga qadar mazkur sayt orqali faqat biometrik pasportga ega bo‘lganlargina onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin edi.

Endilikda, biometrik pasportga ega bo‘lmagan shaxslar ham Milliy test tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Buning uchun ular tug‘ilganlik haqida guvohnoma (pasport yoshiga yetmaganlar) yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda tug‘ilganlik haqida guvohnoma bilan murojaat qiluvchilar shaxsini tasdiqlash maqsadida o‘zlari o‘qiyotgan ta’lim muassasasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan rasmli ma’lumotnoma ham taqdim etishlari kerak.

Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari haqidagi ma’lumot (manzil, mo‘ljal, geolokatsiya, telefon) bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/representatives.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube