Get Mystery Box with random crypto!

2 soatcha oldin Sariq Dev 'Bu yil OpenAI (va boshqa sun’iy int | Inspired Engineer

2 soatcha oldin Sariq Dev "Bu yil OpenAI (va boshqa sun’iy intellekt modellar) ustiga qurilgan dasturlar uchun katta yil bo’ladi." deb yozganlarini o'qigan edim.

Ozgina turib yana bir narsa ko'rib qoldim: TensaiCode.com. Demo uchun videoni tomosha qiling.

Github tomonidan chiqarilgan CoPilot haqida eshitganmiz hammamiz. Ingliz tilida menga quyidagicha funksiya/test/class yozib ber desangiz yozib beradi. Lekin Tensai keyingi darajaga o'xshayapti.

Copilot faqat bitta fayl ichida ishlashga yordam bersa, Tensai butun bir repository bo'ylab yordam bera olarkan.

Mana senga repository, shu ishni qanday qilsam bo'ladi deb so'rasangiz, repositoryni o'rganib chiqib sizga barcha fayllardagi o'zgarishlarni ko'rsatib, avtomatik tarzda Pull Request ham yaratib berar ekan.

Har safar Sardor og'a yozgan "Tamomsizlar juniorbachchalar" degan gaplari esimga tushib ketadi. Lekin bu turishda barcha dasturchilarning ishlari, garchi yo'qolib ketmasada, boshqacha bo'lib ketib qoladiganga o'xshab turibdi.