Get Mystery Box with random crypto!

Tarmoqlarda blog yuritish yomon(mi?) Shu kungacha blogning bi | Insaf.Aliev Blog

Tarmoqlarda blog yuritish yomon(mi?)

Shu kungacha blogning bitta yomon tomonini ko’rdim. Blog o’z egasini auditoriyaga “Ideal” holatda ko’rsatib qo’yadi.

Har bir inson o’z tarmoqlariga hayotining yaxshi tomonlarinigina qo’yadi. Buni ko’rgan auditoriya blogerni hayoti juda zo’r degan tasavvurga keladi.

Vaholangki, ularda ham stresslar, ularda ham muammolar to’lib yotibdi. Unda ham kamchiliklar yetarli. Shunchaki blogda faqat hayotining oq tomonini ko’rsatdi.

Firkimcha blog yuritishning eng salbiy tomoni shu. Bu “Asling kabi ko’rin yoki ko’ringaning kabi bo’l” naqliga umuman to’g’ri kelmaydi.

Bu blogimning auditoriyasi ham mani faqat yaxshi hislatlarim bilan bilishadi fikrimcha. Aslimni yo’qotmaslik uchun shaxsiy hayotiy blogimni ochganman.

Bu blogda qanday bo’lsam hayotda ham shundayman. Obuna bo’lib qo’ying balki foydasi tegar)

P.s Bloger deganda faqat viner emas, balki, tarmoqda o’z fikrini yoki hayotini ko’rsatadigan hamma nazarda tutildi. Tadbirkorlar ham shu jumladan…

@Insaf_Aliev_LiFe