Get Mystery Box with random crypto!

O’zingcha talqin qilma! Anfol surasi 63-oyat: “Hamda ularning | Insaf.Aliev Blog

O’zingcha talqin qilma!

Anfol surasi 63-oyat: “Hamda ularning qalbini Alloh birlashtirdi. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalbini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi…”

Mana shu oyatni ko’p joyda nomahramlarga nisbatan ishlatilayotganini ko’rdim. Shuni ishlatayotganlar oyat tafsiriga ham qarab ko’rishganmikan?

Tafsirda yuqoridagi oyat bir-biriga qarindoshlik qilmagan, bir-biri bilan savdo qilmagan qavmning o’zaro do’stligi haqida va “Allohga qasamki ularning yuzi nurlidir” deb hadis bilan tasdiqlanadi.

“Kimnidir yaxshi ko’rib qolsang o’ziga aytib qo’y” va yana shu mazmundagi hadis va oyatlarni nomahramlar o’z “foydasiga” og’irib olayotganini to’g’risi aqlim qabul qilmaydi.

Hozir “foydali” tomonga o’girib olinayotgan bu kabi hadis va oyatlar, qiyomatda o’sha o’girayotganlarning zarariga ishlab qo’ymasin deb qo’rqaman.

Toshning tosh, daraxtning daraxt bo’lgani xushdir!

@Insaf_Aliev_Blog