Get Mystery Box with random crypto!

​​ Bilib qoʻygan yaxshi Bugungi postda ingliz tilida eng | Ingliz tili DTM 2023

​​ Bilib qoʻygan yaxshi

Bugungi postda ingliz tilida eng bir-biri o'xshash bo'lgan uchta fe'lni farqlashni o'rganamiz. Mazkur fe'llar - to lie\to lay\to lie fe'llaridir. Bu fe'llarning o'tgan zamon va past participle shakllariga e'tibor bering.

to lie yotmoq, joylashmoq degan ma'nolarda notoʻg’ri fe’l hisoblanadi. Oʻtimsiz fe’l bo'lganligi tufayli o'zidan keyin to'ldiruvchi (ot) ololmaydi. O'tgan zamon shakli - lay, past participle shakli - lain ko'rinishida bo'ladi.
She was lying on the beach at this time yesterday. (U kecha mana shu paytda plyajda yotgan edi)
The river lies 30 km to the south. (Daryo 30 kilometer janubda joylashgan)

to layqo'ymoq, joylashtirmoq degan ma'nolarda notoʻg’ri fe’l hisoblanadi. Oʻtimli fe’l bo'lganligi tufayli o'zidan keyin to'ldiruvchi (ot) bilan keladi. O'tgan zamon shakli - laid, past participle shakli - laid ko'rinishida bo'ladi.
She laid the baby on the bed. (U chaqaloqni krovat ustiga qo'ydi)
Could you lay the table for dinner? (Stolni kechgi ovqatga tayyorlaysizmi?)

to liealdamoq degan ma'noda toʻg’ri fe’l hisoblanadi (lied, lied). O'timli fe'l bo'lganligi uchun to'ldiruvchi bilan ham, to'ldiruvchisiz ham kela oladi.
She is always lying about her age. In fact, she is much older than she looks. ( U har doim o'zining yoshi haqida aldaydi, aslida u ko'ringanidan ancha yoshi katta)

@IngliztiliDTM2020