Get Mystery Box with random crypto!

Ravish turlari 3-qism Holat ravishlari: well yaxshi, fast, | 🇬🇧Ingliz Tilini O'rgan!

Ravish turlari 3-qism

Holat ravishlari: well yaxshi, fast, quickly tez, slowly asta, sekin, quietly tinch, sokin, easily oson va boshqalar. Bu guruhdagi ravishlarning ko‘pchiligi sifatga –ly qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:

Have you rested well?
Yaxshi dam oldingizmi?

He came into the room very
quickly.
U xonaga juda tez kirib keldi.

Too, also, either, else, only, even so‘zlari ham ravishlardir.Too va also ham ma’nosida darak va so‘roq gaplarda ishlatiladi, ammo too also- ga qaraganda og‘zaki nutqda ko‘proq qo‘llanadi. Either ham ma’nosida faqat bo‘lishsiz gaplarda ishlatiladi:

I shall be there too.
Men ham o‘sha yerda bo‘laman.

They
also agreed with me.
Ular ham mening fikrimga qo‘shilishdi

Else yana ma’nosida so‘roq olmoshlari va ravishlar bilan hamda some, any, no ishtirokida yasalgan gumon olmoshlari va ravishlar bilan keladi

Where else did you go?
Siz yana qayerga bordingiz?

Else aks holda, u holda, unday bo‘lsa ma’nolarida ham ishlatilishi mumkin. U holda elsedan oldin ko‘pincha or keladi.

Ravishlar fe’l, sifat va boshqa ravishlarni aniqlashdan tashqari quyidagi vazifalarda ham kelishi mumkin:

So‘roq so‘zlar bilan boshlangan so‘roq gaplarda so‘roq so‘z bo‘lib kelishi mumkin. Bu so‘roq so‘zlarga quyidagilar kiradi: when qachon?, where qayerda? why nima uchun? how qanday (qilib)?
Gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladi:
Mustaqil gaplarni bog‘lash uchun quyidagi ravishlar ishlatiladi:

So
shuning uchun, shunday qilib, therefore shuning uchun, then so‘ngra, o‘shanda, however lekin, biroq, ammo, nevertheless shunga qaramay, still, yet shunday bo‘lsa ham, ayniqsa, besides -dan tashqari, more over bundan tashqari, otherwise, else, or else aks holda:

Go at once, otherwise (or else) you will miss the train.
Zudlik bilan yo‘lga tushing, aks holda poyezdga kechikasiz

Ergash
gaplarni bosh gaplar bilan bog‘lash uchun quyidagi ravishlar ishlatiladi:
when -da, paytida, where qayerda, o‘sha yerda, why nima sababdan, how qanday qilib.
He
called when I was busy.
U mening band paytimda keldi.

Once agar biror ish qilgan bo‘lsa, agar …-sa ma’nosida ishlatilib, gaplarni bog‘lab keladi:

Once you have promised you must do it.
Agar va’da bergan bo‘lsangiz, uni bajarishingiz kerak

@inglizchaDars - kanaliga ulanish