Get Mystery Box with random crypto!

Imtixonga tayyorgarlik Hayrli kech kanalimiz a'zolari bugun | šŸ‡¬šŸ‡§Ingliz Tilini O'rgan!

Imtixonga tayyorgarlik

Hayrli kech kanalimiz a'zolari bugun ham sizlar bilan kerakli narsa o'rganamiz. Bugun sizlar bilan Causative Verbs mavzusini ko'rib chiqamiz. Nega aynan bu mavzu deyishingiz mumkin ammo so'ngi yillar DTM testlarni kuzatishim bo'yicha bu mavzudan ko'p savollar tushib turibdi. Bu mavzudagi testni tushish mumkin shu sababli bu mavzuni ko'rib chiqamiz. Bu mavzuda asosan qaysi fe'l bilan gapning qay tarizda yasalishiga e'tibor bering. Sturkturaga katta e'tibor bering
Ingliz tilida asosan kimgadir nimadur qildirsak, kimdidur nimadur ish qilishga majburlasak, kelishsak biz causative feā€™llarni ishlatamiz: Oā€™z nomidan maā€™lum bu feā€™llar nimadur sodir boā€™lishiga sababchi boā€™ladi shu sababli causative verbs deyiladi. Ular bir nechta ularni qanday ishlatilishini koā€™rsataman
Let somebody/something do
(feā€™lning oddiy shakli) bu shakl asosan biror narsaga ruxsat berishda ishlatiladi. Let feā€™lidan kegin odam yoki narsa keladi va undan soā€™ng feā€™lni oddiy shakli ishlatamizā€
Maryā€™s father wonā€™t let her adopt a puppy because heā€™s allergic to dogs
Common mistakes: Let somebody/something to do
Bu tarzda ishlatish xato.Koā€™plar someone/something dan soā€™ng to infinitive olshadi Bu katta xato
Let somebody/something do
Synonym(Sinonimlari) Allow/permit somebody/something to do = Let somebody/something do


MAKE + somebody/something DO Bu shakl asosan nimadur qildirsak, nimagadur majburlasak ishlatamiz.
Test shu shakldan tuzilgandi
The teacher made all the students rewrite their papers, because the first drafts were not acceptable.
Oā€™qtuvchi hamma talabalarni ularning ishini
qayta yozishga majbur qildi

Common mistakes:
Make somebody/something to do
Synonym(Sinonimlari)
: Force/Require somebody/something to do
The school requires the students to wear uniforms.
HAVE bilan ikki xil shaklda ishlatiladi biz faqat have kegin odami yoki narsami shuni bilib olshimiz kerak:
have + [something] + PP Verb(Feā€™lning 3 shakli)
I want to have my watch repaired. ā€“Soatimni tuzattirishni xohlayman
Have + someone + verb
I want to
have Bobur repair my watch. ā€“ men Boburga sotimni tuzatirishni xoxlayman
The businessman
had his secretary make copies of the report
Biznesmen kotibasiga hisobot nusxalarni tayyorlashni buyurdi( tayyorlatdi)
Common mistakes:
Have somebody to do
Have someone done

Get someone to do something (kimgadir nimadur qildirish) I got the cleaner to clean under the cupboards.
Men tozalovchiga shkaflarni tagini tozalatdim
Synonym(Sinonimlari): Get something done = have something done(ikkalsi birxil farqsiz ishlatiladi have ancha yaxshiroq)

Common mistakes: Strukturada xato qilshadi koā€™plar sizlar ham shunaqa xato qilmanglar get someone do bu( ) xato shunaqa qanaqa yasalishiga eā€™tbor bering.

Testlar bilan misol keltirishga ulgurmadim ammo edit qilib kechroq kiritib qo'yaman bu mavzuga qo'shimcha kanalimizni tark etmang. Biz bilan imtixonga har kuni bir qadam

Kanalimiz: English Story and Quotes(@InglizEnglish)
uallif: Nomozov Boysoat

@inglizchaDars - kanaliga ulanish