Get Mystery Box with random crypto!

IELTS Writingda insho turlari. 1-qism. IELTSda aslida nechta | Mega IELTS

IELTS Writingda insho turlari. 1-qism.

IELTSda aslida nechta insho turi bor?


Bu juda bahsli savol bo’lib, turli manbalar turlicha javob berishadi. Shu o’rinda, Pauline Cullen (The Official Cambridge Guide to IELTS kitobining muallifi) juda qiziqarli fikrlarni o’rtaga tashlagan. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqing:

Ko’pincha menga IELTS writing savollarining to’rtta, ba’zida esa oltita turi bor deb aytishadi. Va yana ta’kidlashadiki, har bir tur aniq bir uslubda javob qaytarilishi kerak. Ba’zi odamlar esa har bir tur uchun qandaydir formula yoki qoliplar yasab bu fikrni yanada chuqurlashtirishadi. 6 yoki 6,5 balga mos juda ko’plab insholar mana shu qoliplarga amal qiladigan odamlar tomonidan yoziladi.

Menga esa xuddiki kitoblarimda nimadir yashirayotgandek munosabat bildirishadi. Bir o’qituvchi yaqinda menga test tuzish bo’yicha ajoyib ustozim, haqiqiy IELTS eksperti Vanessa Jakeman tomonidan yozilgan kitobdagi model javoblar haqida quyidagicha shikoyat bildirdi:

"Opinion essaylarga yozilgan javoblar Task response baholash mezonida past bal oladi, chunki ular discussion insho usulida yozilgan."

Bu fikr IELTS haqida uydirmalarga asoslangan va u masala qanchalik chigallashganini ko’rsatadi. Shu narsa aniqki, writingga kelganda, o’qituvchilar ham, o’quvchilar ham qanday manbalarga ishonish kerakligini bilishmaydi. Siz Cambridge tomonidan chop etilgan hech qaysi kitobda turli xil insho turlari yoki ularga qay tarzda javob yozish kerakligi haqida ma’lumotga duch kelmaysiz. Negaki, bunday asossiz fikrlar faqat testdan tashqarida mavjud.

Men 20 yildan ko’proq test ustida ishlab, hamon odamlar “discussion”, “opinion” yoki “argument” insholar deb nimalarni nazarda tutishini tushunmayman. Men faqat shuni aytishim mumkinki, bunday yorliqlash tufayli test haqida juda ko’p chalkashliklar kelib chiqadi va test topshiruvchilar ham necha marotaba urinishlariga qaramasdan yuqori balga erisha olishmaydi.

Writing Task 2 ni biz discursive essay deb qabul qilishimiz kerak, ya’ni siz unda avvaliga mavzuni xolis muhokama qilishingiz va so’ngra o’z qarashingizni aniq ifodalab berishingiz kerak.

Davomi bor.

Our Channel
A'zo bo'lishni unutmang
@ingliz_tili_ILTS