Get Mystery Box with random crypto!

96-dars ACTIVE INFINITIVE VA PASSIVE INFINITIVE 1. Infiniti | Vizitka Grammar | IELTS

96-dars

ACTIVE INFINITIVE VA PASSIVE INFINITIVE


1. Infinitiv ifodalagan ish-harakati ma’lum bir shaxs yoki buyumga qarashli bo‘lmasligi mumkin:
To drive a car in a big city is very difficult.
Katta shaharda mashina haydash juda qiyin.

Ko‘pgina hollarda infinitiv ifodalagan ish-harakat ma’lum shaxs yoki buyumga qarashli bo‘ladi:
I intended to go there.(to go infinitivi ifodalagan ish-harakat I egaga qarashli.)
Men u yerga borishga qaror qildim.
Ask him to come early.(to come infinitivi ifodalagan ish-harakat him to‘ldiruvchiga qarashli.)
Unga erta kelishini ayting.

2. Infinitiv ifodalagan ish-harakat o‘sha infinitiv qarashli bo‘lgan shaxs yoki buyum tomonidan sodir etilsa, Active Infinitive ishlatiladi:
He has a great desire to invite you to the party.
U sizni kechaga taklif qilishni juda istaydi.
I want to inform Tom of Bill’s arrival.
Men Tomni Billning kelganidan xabardor qilishni istayman.

3. Infinitiv ifodalagan ish-harakat o‘sha infinitiv qarashli bo‘lgan shaxs yoki buyumga nisbatan (boshqalar tomonidan) sodir etilsa, Passive Infinitive ishlatiladi:
He has a great desire to be invited to the party.
U o‘zini ziyofatga (kechaga) taklif qilishlarini juda istaydi.
I want to be informed of her arrival.
Menga uning kelganini xabar qilishlarini istayman
.

Bularni sizga bepul tarzda
@Ingliz_Ielts_grammar taqdim etadi!