Get Mystery Box with random crypto!

​​174-dars. 'Some / Any' Some olmoshi “bir necha”, “bir | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​174-dars.

"Some / Any"

Some olmoshi “bir necha”, “bir qancha” degan ma’nolarni anglatib, faqat bo‘lishli gaplarda ishlatiladi.

There are some books on the table.
Stol ustida bir qancha kitoblar bor.

I’ve got some French books.
Menda bir nechta fransuzcha kitob(lar) bor.

Any olmoshi bo‘lishsiz va so‘roq gaplarda some o‘rnida ishlatiladi va “hech qancha”, “hech qanday”, “birorta” kabi ma’nolarni anglatadi.

There are not any book(s) on the table.
Stolning ustida hech qanday kitob yo‘q.

Are there any book(s) on the table?
Stolning ustida birorta kitob bormi?

I haven’t got any French books.
Menda hech qanday fransuzcha kitob yo‘q.

Have you got any French books?
Sizda birorta fransuzcha kitob bormi?

Any olmoshi bo‘lishli gaplarda “har qanday”, “istagan”, “xohlagan” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Come and see me any time.
Istagan vaqtda kelib, men bilan uchrash.

Some va any sanalmaydigan otlardan oldin kelganda odatda o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi.

Give me some milk, please.
Iltimos, menga sut bering.

I’ve got some money, but not enough to buy a car.
Menda pul bor, lekin mashina sotib olish uchun yetarli emas.

Is there any butter in the fridge?
Muzlatkichda saryog‘ bormi?

Some va any olmoshlaridan keyin of predlogi kelishi mumkin.

some of ... -ning/-dan ba’zilari (ayrimlari/bir nechtasi/bir qanchasi)

Some of the books are on the table.
Kitoblarning ayrimlari stolning ustida.

Some of the participiants will come later.
Ishtirokchilardan ba’zilari kechroq kelishadi.

@IngilizTiliUz