Get Mystery Box with random crypto!

​​172-dars. 'RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI-3' Ravishlar: al | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​172-dars.

"RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI-3"

Ravishlar: always, often, seldom, ever, never, just, already, yet, usually, generally, sometimes, still, soon, once va boshqalar fe’ldan oldin ishlatiladi:

Agar fe’l have+ to + V shaklida ifodalangan bo‘lsa, yuqoridagi ravishlar havedan oldin ishlatiladi:

I often have to go there. 
Menga ko‘pincha u yerga borishimga to‘g‘ri keladi.

Agar fe’l used + to + V shaklida ifodalangan bo‘lsa, yuqoridagi ravishlar useddan oldin ishlatiladi:

You always used to agree. 
Siz har doim men bilan kelishar edingiz.

Yet ravishi hali ma’nosida not yuklamasidan keyin yoki fe’ldan keyin, agar to‘ldiruvchi bo‘lsa, to‘ldiruvchidan keyin ishlatiladi:

I have not yet read the letter.
I have not read the letter yet.
Men hali xatni o‘qiganim yo‘q.

Yet ravishi allaqachon ma’nosida gapning oxirida keladi:

Have you read the newspaper yet? 
Siz gazetani allaqachon o‘qidingizmi?

Sometimes ravishi gapning boshida, oxirida yoki fe’ldan oldin keladi:

I sometimes go there.
Sometimes I go there.
I go there sometimes. 
Men ba’zan u yerga boraman.

Tomorrow, today, yesterday ravishlari gapning boshida yoki oxirida keladi:

Tomorrow I shall go there. 
Ertaga men u yerga boraman.

I have seen him today.
Men uni bugun ko‘rdim.

Before oldin, ilgari, lately yaqinda, keyingi paytlarda va recently yaqinda, so‘nggi kunlarda ravishlari odatda gapning oxirida ishlatiladi:

I have seen this film before. 
Men bu filmni oldin ko‘rganman.

@IngilizTiliUz