Get Mystery Box with random crypto!

​​166-dars. 'Ravishlarning turlari' (davomi) Holat ravis | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​166-dars.

"Ravishlarning turlari" (davomi)

Holat ravishlari: 
well - yaxshi, 
fast, quickly - tez, 
slowly - asta, sekin, 
quietly - tinch, sokin, 
easily - oson
va boshqalar.

Bu guruhdagi ravishlarning ko‘pchiligi sifatga –ly qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:

Have you rested well?
Yaxshi dam oldingizmi?

He came into the room very quickly.
U xonaga juda tez kirib keldi.

 Too, also, either, else, only, even so‘zlari ham ravishlardir.

Too va also ham ma’nosida darak va so‘roq gaplarda ishlatiladi, ammo too also - ga qaraganda og‘zaki nutqda ko‘proq qo‘llanadi. Either - ham ma’nosida faqat bo‘lishsiz gaplarda ishlatiladi:

I shall be there too.
Men ham o‘sha yerda bo‘laman.

Have you been there too?
Siz ham o‘sha yerda edingizmi?

They also agreed with me.
Ular ham mening fikrimga qo‘shilishdi.

I have not seen him either.
Men ham uni ko‘rganim yo‘q.

Else - yana ma’nosida so‘roq olmoshlari va ravishlar bilan hamda some, any, no ishtirokida yasalgan gumon olmoshlari va ravishlar bilan keladi:

What else must I do?
Men yana nima qilishim kerak?

Where else did you go?
Siz yana qayerga bordingiz?

Ask somebody else about it.
Bu haqda yana biror kishidan so‘rab ko‘ring.

Are you going anywhere else after that?
Bundan keyin yana biror joyga bormoqchimisiz?

Else - aks holda, u holda, unday bo‘lsa ma’nolarida ham ishlatilishi mumkin. U holda elsedan oldin ko‘pincha or keladi.

@IngilizTiliUz