Get Mystery Box with random crypto!

No • Comment | Shoʼrsuv 29-noyabr Oʼzbekiston tumani 'Shoʼrsu | InfoGaz • NEWS

No • Comment | Shoʼrsuv 29-noyabr

Oʼzbekiston tumani "Shoʼrsuv" shaharchasidagi baʼzi tadbirkorlar tomonidan oʼzboshimchalik bilan tabiiy gazga qayta ulanish holatlari aniqlanmoqda.

O‘zbekiston tumani Shoʼrsuv shaxarchasida joylashgan “SHoʼrsuv sement” (Albus), “Turon Eko Sement”, “Turon PFK” , “SHaffofsement sanoat”, “Qurulish ashyo Sifat” MCHJlarga qarashli ishlab chiqarish korxonalari Vazirlar Mahkamasining tegishli bayyonnomasiga asosan 2022 yil 27 noyabr kuni tabiiy gaz tarmog‘idan muhirlash yo‘li orqali uzilgan. Joriy yilning 29-noyabr kuni yuqorida nomlari ko‘rsatib oʼtilgan ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz tarmog‘idan uzilganlik holati qayta nazorat qilinganda hukumat qarorlarini mensimasdan o'zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulanib tabiiy gazdan foydalanayotganligi aniqlangan.

Gaz idorasi tomonidan ushbu vaqtinchalik choralar ko'rilmasa ko'p qavatli aholi xonadonlari, maktab va maktabgacha talim, tibbiyot muassasalarini tabiiy gaz yetkazib berishda uzulishlar vujudga keladi.