Get Mystery Box with random crypto!

"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"

Telegram kanalining logotibi indep_uz — "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" I
Telegram kanalining logotibi indep_uz — "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"
Kanal manzili: @indep_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 528
Kanalning ta’rifi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi, "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", Admin: https://t.me/Mansur_Bekpulatovich Сайт. www.indep.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-10 08:03:26
#bu_qiziq

Kitob sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi xolos, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
97 views05:03
Ochish/sharhlash
2022-08-09 07:33:40
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Iqtisodiy psixologiya" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisоdiy psiхоlоgiyaning dоlzаrb muаmmоlаriistiqbоl tаdqiqоtlаri prеdmеti haqida bayon etilgan bo‘lib, insоnning iqtisоdiy tizimdаgi o‘rni, istе’mоlchi хulq-аtvоrining psiхоlоgik vа ijtimоiy tаvsifi, zаmоnаviy tаdbirkоr shахsi prоfеssiоgrаmmаsi, “Mаrkеting” ning psiхоlоgik mоhiyati, tаlаb vа tаklif psiхоlоgiyasi, mаrkеting хizmаtlаrini tаshkil etishning psiхоlоgik mехаnizmlаri, shахsning iqtisоdiy ijtimоiylаshuvi, shахsning shаkllаnishigа pulning tа’siri, pulning shахs turlаri hamda ishsizlаrning psiхо-emоtsiоnаl hоlаti, ishini yo‘qоtgаn insоnlаrni psiхоlоgik rеаbilitаtsiya qilish, insоnlаr turmush tаrzi sifаtigа tа’sir etuvchi iqtisоdiy vа psiхоlоgik оmillаri to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tanishtiradi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
136 views04:33
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:06:01
#bu_qiziq

Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi esa 320 kilogrammdir.

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling

Facebook I Telegram I Web I Instagram
146 views06:06
Ochish/sharhlash
2022-08-08 07:27:00
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Iqtisodiyotda qaror qabul qilishning matematik usullari" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

Ushbu qo‘llanmada iqtisodiyotda qaror qabul qilishning mazmuni va muhimligi, turli vaziyatlarda matematik usullar yordamida qaror qabul qilish nazariyalari yoritilgan. Shu bilan birga matematik dasturlash usullaridan foydalangan holda iqtisodiyotda optimal qaror qabul qilish, qaror qabul qilishga tizimli yondashuvlar va mezonlar, iqtisodiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning matematik modellari hamda aniqlik, tavakkalchilik, noaniqlik sharoitlarida o‘yinlar nazariyasi asosida qarorlar qabul qilish, qaror qabul qilishning matematik masalalarini yechishda axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari batafsil ifodalangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
154 views04:27
Ochish/sharhlash
2022-08-05 10:26:01
#bu_qiziq

Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hamon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
198 views07:26
Ochish/sharhlash
2022-08-05 08:16:16
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Iqtisodiyot nazariyasida munozaralar" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

O‘quv qo‘llanma “Iqtisodiyot nazariyasida munozalar” fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy mazmuni, klassikka qarshi keyns ta’limoti, neoklassik sintez, klassik uyg‘onish davri nazariyalari, yangi keynschilik iqtisodiyoti va yangi neoklassik sintez, neoklassik iste’molchi va ishlab chiqaruvchi, qisman va umumiy muvozanatni tahlil qilish, bozor tuzilmasi mezonlari: monopoliya va mukammal raqobat, o‘yinlar nazariyasi, xulq-atvor iqtisodiyoti masalalari yoritib berilgan.

5A230101-Iqtisodiy nazariya mutaxassisligining “Iqtisodiyot nazariyasida munozaralar” fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
177 views05:16
Ochish/sharhlash
2022-08-03 07:26:12
#bu_qiziq

Dunyodagi kitob holida chop etilgan eng katta majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972-yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
220 views04:26
Ochish/sharhlash
2022-08-03 07:13:57
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Iqtisodiy statistika" nomli darslik chop etildi.

Ushbu darslikda statistika yagona fan sifatida qaralib, unda milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi sifatida qaralgan va barcha masalalar shu asosda yoritilgan. Aholi, mehnat bozori va milliy boylik statistikasiga butun iqtisodiy faoliyatning muhim omillari sifatida qaralgan. Makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot statistikasi o‘rganilgan.

Darslik barcha iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari va fakultetlari talabalari va magistrlari uchun mo‘ljallangan. Undan amaliyotda faoliyat olib boruvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
159 views04:13
Ochish/sharhlash
2022-08-02 07:36:07
#bu_qiziq

Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. Qiziqarlisi, XVIII asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun katta temir zanjirlarga bog‘lab qo‘yilgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
168 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-08-02 07:22:59 ​​ "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Investitsiya loyihalar tahlili" nomli darslik chop etildi.

Ushbu darslikda mahsulot ishlab chiqarish, tashkil etish, barqaror rivojlantirish uchun biznes loyiha tuzishning zarurligi va investitsiya loyihasini ishlab chiqish asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Investitsiya va biznes loyihaning nazariy hamda amaliy asoslari, xususan bozorni o‘rganish, marketing tadqiqoti olib borish, marketing rejasini tuzish va uni samarali texnologiya bilan uyg‘unligini taʼminlash, ishlab chiqarish rejasi, moliya rejasini tuzish, biznes rejani amalga oshirilishi uchun ishchi kuchi va kadrlar bilan taʼminlash, investitsiyadagi tavakkalchilikni boshqarish kabi savollar ushbu darslikda o‘z ifodasini topgan.

Darslik oliy taʼlim muassalari professor o‘qituvchilari, aspirantlar, oliy taʼlim muassalarining ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim sohasi, iqtisod taʼlim sohasi, iqtisodiyot (makroiqtisodiyot) taʼlim yo‘nalishi talabalari hamda kichik biznes bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
167 views04:22
Ochish/sharhlash