Get Mystery Box with random crypto!

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul am | Imtiyoz.uz

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
@imtiyozuz