Get Mystery Box with random crypto!

'Yoshlar' telekanali 'IMKON' o'quv markazida 24- avgust kuni | Imkon O'quv Markazi

"Yoshlar" telekanali "IMKON" o'quv markazida

24- avgust kuni Prezidentimizning "Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "IMKON" o'quv markazimizga "Yoshlar" telekanali va Yashnobod hokimligidan tashrif buyurishdi.

Mehmonlar dastlab «IMKON» o'quv markazida oʻquvchilar uchun tashkil qilingan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlari bilan tanishib chiqishdi. Ularga markazdagi yoʻnalishlar, taʼlim tizimi haqida maʼlumot berildi.

Intervyu jarayonida mehmonlarga o'quv markaz asoschisi Temurbek Maxmasalayev «IMKON» o'quv markazining shu davrgacha bosib oʻtgan yoʻli, erishgan natijalari, kelajakdagi maqsad va rejalari haqida aytib oʻtdi.

Markazimiz rahbari tashrif uchun "Yoshlar" telekanali va Yashnobod hokimligiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.