Get Mystery Box with random crypto!

Gavharim...maylimi sizni shunday chaqirsam? Men sizni qimmatb | 𝓘𝓶𝓪𝓷

Gavharim...maylimi sizni shunday chaqirsam?
Men sizni qimmatbaho marvaridga qiyoslayman, siz o'zingizni aldamchi dunyoning sohta savdogarlariga juda arzonga sotdingizmi?
Men sizni pok va g'ubori yo'q durga qiyoslayman, siz o'zingizni zinoning chirkin botqog'ida cho'ktirdingizmi?
Men sizni zabt etilmas, bo'yi bulutlarni quchgan qoyaga qiyoslasam, siz o'zingizni bunchalar yerga urdingiz?
Sababi nima ey siymosi malaklarga xos gulim?
Siz emasmi madrasa ona? siz emasmi jannatlarga yo'l ochguvchi qiz? Siz emasmi do'zahdan parda?
Siz emasmi Robbisining omonati?
Pastkashlarning bozorlarida, buncha tushurdingiz o'z qadringizni?
Ey go'zalligi asarlarda yod bo'lgan yorqin yulduzim, nega kirlatdingiz pok fitratingiz?
Sahobiya onalarimizning saodatli etagidan afzal bo'ldimi nomahramning jirkanch qo'llari?
Alloh sizni suygani, martabangizni oshirgani, dinda sizni e'zozlagani yetmadimi?
Tarmoqlarning ayyor to'riga tashladingiz qiymatingizni?
Vidolashuv chog'ida, Habibimiz sollallohu alayhi vasallam sizga qilinishi kerak bo'lgan go'zal munosabat haqida unutmaganda, Nega unutdingiz o'z haddingizni?
Islom jannatni oyoqlaringiz ostiga tashladi, sha'ningizni ko'tardi, johiliyatning marazida tiriklayin ko'mildingiz, yuksakka chiqarib qutqardi..endi siz bunchalar ham sharmanda qildingiz qalqon diningizni?
Gunohlardan poklaguvchi, yomonliklardan to'sguvchi bezagingiz, saodatingiz, qutqaruvingiz bo'lmish namozingizni nega unutdingiz?
Hoyu havaslarning olovli liboslari deb, voz kechtingizmi hijobingizdan?
Shumi sizning javobingiz, Allohning cheksiz ne'matlariga bergan evazingiz?
Qayting.
Sizga asli "muslima" bo'lish yarashadi..bu egri yo'llar sizni hali ko'p chaladi.
Qayting..Allohga qoching.
Alloh naqadar ham mehribon..
Gavharim..maylimi sizni shunday chaqirsam?
Jaxlingiz chiqib, yuzingizga xafalik yugurmasin, yolvoraman hunob qilmang murg'ak qalbingiz..opadirman sizga, ehtimol esa singil..sizni yaxshi ko'rib, go'zal niyat ila tebratdim qalamim.
Alloh sizni suysin, mushki anbarim!

Ummu Asiya.