Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Zoitov

Telegram kanalining logotibi ilyos_zoitov — Ilyos Zoitov I
Telegram kanalining logotibi ilyos_zoitov — Ilyos Zoitov
Kanal manzili: @ilyos_zoitov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Ozgina bo'lsa ham manfaat olgan bo'lsangiz, duolaringizdan umidvormiz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-06 19:31:58
Ashuro kuni
@Ilyos_Zoitov
469 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:15:07 "If you tell the truth you do not need a good memory!"
Mark Twain

"Agar siz rost gapirsangiz sizga yaxshi xotiraning keragi yo'q"
Mark Tven
@Ilyos_Zoitov
381 views16:15
Ochish/sharhlash
2022-07-29 16:54:06 Do'stimiz Iskandar Tolibboyev (@Iskandartolibboyev) Turkiya Davlatidagi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ta'lim va Tarbiya Akademiyasi ga o'qishga qabul qilinibdi. Duo qilib qo'yinglar Alloh ilmini ziyoda qilsin
@Ilyos_Zoitov
409 viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash
2022-07-24 15:00:47 Odamlar ularga berilgan ne'matlar qadar so'raladi

Agar insonga bir ne'mat ziyoda berilgan bo'lsa, shu narsadan manfaatli yo'llarda foydalanishi kerak. Chunki o'sha ziyoda ne'mat haqqi ado etilishi uchun berilgan.

Aytaylik siz nimanidir o'rganyapsiz, bu narsani o'rganish uchun sizda yetarli qobiliyat bor. Bu degani siz, siz kabi o'rganayotgan lekin qobiliyati past yoki yo'q odamdan ko'ra ko'proq so'ralasiz.

Bu ne'mat istalgan ko'rinishda bo'lishi mumkin. Afsuski ba'zan barcha ehtiyojlari (Alloh beradigan ne'matlari) to'la-to'kis berilganlar bu narsaga jiddiy qaramaydi.

Kech bo'lmasidan ko'zimizni ochaylik. Bizga bergan narsalarni hisobi so'ralguncha ulgurib qo'laylik.
@Ilyos_Zoitov
720 viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-20 18:37:33
Jahongir has a strong band 7.0 as a result of his hard work and persistence. Congrats bro
Repost it, guys

P.s. Biz bilgandik, biz kutgandik
@IELTS_with_Ilyos
329 views15:37
Ochish/sharhlash
2022-07-14 19:21:02 Insonlar insonlar bilan imtixon qilinadi. Biz kim bilandir imtixon qilinayapmiz. Kimlardir biz bilan imtixon qilinayapti.Agar barcha insonlar shunday o'ylaganlarida edi, hayotimiz ancha osonlashgan bo'lardi.

Ya'ni aytaylik biz kim bilandir munosabatda bo'lgan vaqtimizda hayolimizga shu narsa kelsa , u odamga nisbatan biz yaxshiroq muomalada bo'lamiz, unga yengillik bo'lishini istab qolamiz. Shu sababdan biz insonlar bilan bo'ladigan muommolarga kamroq ro'baro bo'lamiz.
@Ilyos_Zoitov
337 views16:21
Ochish/sharhlash
2022-07-14 14:35:50 Bu dunyoda hech bir narsa tekinga berilmaydi. Har doim nimagadir erishsak evaziga nimadir berishimiz kerak bo'ladi. Biror narsaga erishish uchun avvalo unga haqli bir odamga aylanishimiz zarur. Hech qachon biz o'zimiz loyiq bo'lmagan narsaga egalik qila olmaymiz. Hozir bizda bor narsalarga biz loyiq ekanmizki ular bizga berilgan. Xoh u bir yaxshilik bo'lsin, xoh bir yomonlik, unga haqli ekanligimiz sababidan biz hayotimizda o'sha narsa bilan yuzlashishimizga to'g'ri keladi.
@Ilyos_Zoitov
313 views11:35
Ochish/sharhlash
2022-07-13 19:21:01 Baliq va tush ko'rayotgan odam

1. Baliq o'zini suvda ekanligini bilmaydi. Tush ko'rayotgan odam tush ko'rayotgan vaqtida tush ko'rayotgan ekanligini bilmaydi.

2. Baliqni bor bo'lishi uchun suvga ehtiyoj bor. Tush ko'rish uchun uyquga ehtiyoj bor.

3. Baliqni zamini suvdir, tushni zamini uyqu.

Biz hali zaminimiz nima ekanligini bilmaymiz. Qachondir uyg'ongan paytimizda qanday holatda bo'lishimizni ham bilmaymiz. Biz bilgan narsalar bilganimizdekmi yoki boshqachami buni ham bilmaymiz. Yagona biladiganimiz biz qachondir uyg'otilamiz. Ungacha qanday harakat qilishimiz o'zimizga tashlab qo'yilgan.
@Ilyos_Zoitov
290 views16:21
Ochish/sharhlash
2022-07-13 15:49:28 Biz bir ishni bajarmoqchi bo'lsak, ammo bajara olmasak bunda ikki xil holat bo'lishi mumkin. Yoki biz o'zimizni u ishni qilish uchun yetarli darajada majbur deb hisoblamaymiz, yoki hayot hali bizni u qadar majbur qilmagan bo'ladi.

Ko'pchiligimiz bir ishni qilishimiz uchun albatta bizga kaltakni kelib tegishini kutishga o'rganib qolganmiz.

Baxtli odamlar esa ana shu kaltak kelib tekkuncha harakatni boshlaganlardir.
@Ilyos_Zoitov
337 viewsedited  12:49
Ochish/sharhlash