Get Mystery Box with random crypto!

DIIQQAT ! DIQQAT ! BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI KUZATUV KENGASH | BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali

DIIQQAT ! DIQQAT ! BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI KUZATUV KENGASHI RAISI TASHABBUSI BILAN TASHKIL QILINGAN “O‘ZBEKNEFTGAZ” AKSIYADORLIK JAMIYATI STIPENDIYASINI E’LON QILADI
Imkoniyatni qo’ldan chiqarmang!
Buxoro davlat universiteti talabalari uchun “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasiga hujjatlar qabuli 1-fevraldan 10-fevralgacha davom etadi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
fanlarni to‘liq “a’lo” yoki 75 foizdan ortiq “a’lo” va qolgan fanlarni “yaxshi” baholarda o‘zlashtirgan bo‘lishi;
ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etgan bo‘lishi(tezis, maqola);
O‘zbekiston tarixini bilishi;
chet tilini bilishi – davlat tilini va kamida bitta xorijiy tilni.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati stipendiyasi Buxoro davlat universitetining kunduzgi va kechki ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bakalavriat bosqichining ikkinchi va uchunchi bosqich talabalariga tayinlanadi.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi har bir fakultet bo‘yicha bir nafar talabaga tayinlanadi. Tanlov g’oliblariga bir kalendar yili davomida nomli davlat stipendiyalariga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to’lanadi.
Barcha hujjatlar uniwork.buxdu.uz platformasiga joylangan holda taqdim etiladi. Hujjatlar talabaning uniwork.buxdu.uz platformasidagi shaxsiy profilidan kiritiladi.
HUJJAT TOPSHIRISH YO'RIQNOMASI
Murojaat uchun manzil: Bosh bino 2-qavat 205-xona Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori. Tel: 88 852 30 05. Telegram: @Umida_Mirovna
Tanlov shartlari bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi NIZOMI orqali to’liq tanishishingiz mumkin.