Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni | BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali

#tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tashabbusi bilan respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar va talabalar ishtirokida onlayn shakldagi “XALQARO ILMIY FORUM” tashkil etilgan edi.

28-yanvar Toshkent shahar yoshlar markazida mazkur forum ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Xususan, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Saidova Mohinur “Ilm-fan iftixori” esdalik ko‘krak nishoni , maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

Talabamizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!