Get Mystery Box with random crypto!

“TechnoWays” - texnologik rivojlanish marafoni Buxoro viloyati | BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali

“TechnoWays” - texnologik rivojlanish marafoni Buxoro viloyatida bo'lib o'tadi !!!

TechnoWays marafonida iqtidorli yoshlarning loyihalari har tomonlama rivojlantiriladi va texnologik bilimlar bilian boyitiladi. Marafon yakunida esa eng yaxshi loyihalar saralab olinib, rag’batlantiriladi.

Marafon 8-9 avgust kunlari Buxoro shahridagi "Yoshlar markazi"da bo'lib o'tadi.

Qatnashish shartlari:
- Ishtirokchilarning yoshi 30 dan oshmagan bo’lishi zarur;
- Ishtirokchilar o’z loyihasi prototipiga ega bo’lishi zarur;
- Bitta ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida qatnashish uchun @technoways_registratsiyabot telegram boti orqali ro’yxatdan o’tish zarur.

Batafsil ma'lumot uchun: +998 93 477-80-96