Get Mystery Box with random crypto!

Oila-nikoh munosabatlarining poydevori, aslida, nikohgacha bo' | Ikrom Sharif

Oila-nikoh munosabatlarining poydevori, aslida, nikohgacha bo'lgan maqsadlar negizidadir.
Biz esa negadir sababni doim boshqa tarafdan izlaymiz.
Ba'zan oilaviy mojarolar ajralish bilan yakun topadi.
Ajrimlarning zararlaridan biri esa bolalarning ijtimoiy yetim bo'lib qolishidir. Va bu bola tarbiyasi hamda ruhiyatiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Bir necha yillik ajrimlar sababidan hosil bo‘lgan yetim bolalar adadi esa hatto davlat va jamiyat uchun ham katta muammoga aylanadi.

Axir hammasi boshqacha bo'lishi ham mumkin edi-ku, deb afsuslanamiz.

Xo'p, nima qilish lozim?

Munosabatlarni eng avvalo oilaga tayyorlanishdan boshlang.
Maqsadni to'g'ri qo'ying.
Bola tarbiyalashdan avval, o'zingizni tarbiyalang.

Телеграм | Инстаграм | YouTube