Get Mystery Box with random crypto!

Bu hayotning falsafasi-yu mohiyatiga tushunolmay qolaman baʼza | Ikrom Ruzimurodov | Nomalar...

Bu hayotning falsafasi-yu mohiyatiga tushunolmay qolaman baʼzan...

Men oʻzi kimman? Nima qilib yuribman? Nima uchun yashayapman? Hayotimdagi jamiyki yaxshi va yomon kunlarim, qismatim ne uchun? Ertaga nima boʻladi? Ertaga kimga aylanaman?!

Hayotim xuddi “Hayot pulti” (Click) kinosida boʻlgani kabi avtopilotda ketayotganga oʻxshaydi...
Na chin doʻstlik bor va na bir chin sevgi-muhabbat... Hammayoqda “aktyor” va “aktrisa”lar!

Qandaydir boʻshliq bor! Balki, “Munnaboy” filmida aytganidek “sehrli quchoq” yetishmayotgandir! Bilmadim...

Hissiyotlarimni soʻz bilan taʼriflay olmayman... Ammo, bir kun kelib bularning barchasi haqida keng ommaga chiqib baralla ayta olarman! Balki, kitob ham yozarman. Albatta, kimdir oʻqisa... )

24.08.2022

@IkromRuzimurodov