Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Telegram kanalining logotibi ijtimoiyhimoya_official — Ijtimoiy himoya milliy agentligi I
Telegram kanalining logotibi ijtimoiyhimoya_official — Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Kanal manzili: @ijtimoiyhimoya_official
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.56K
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sahifasi
👉Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz https://ijtimoiyhimoyaagentligi.taplink.ws
@insonmarkazlari
@ziyotaratamiz
🤖 @IHMA_1140

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-29 10:54:55
Ijtimoiy himoya milliy agentligi 20 yoshdan 33 yoshgacha bo'lgan fuqarolarni Toshkent shahridagi aloqa markaziga ishga taklif etadi!

O'zbek va rus tillarini biladigan tajribali operatorlarni jamoamizda kutamiz.

Malaka talablari haqida batafsil tanishing, ariza topshiring va safimizga qo‘shiling.

Bog‘lanish uchun raqam:
(90) 188 99 12

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
6.4K views07:54
Ochish/sharhlash
2024-05-29 07:02:02
Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti

Joriy yilning 28-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda "Idoralararo samarali hamkorlik: oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini himoya qilishning asosiy sharti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Agentlik rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan bir qatorda, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Aholishunoslik fondi, BMT Ayollar tuzilmasi vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatda oilaviy zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berish, shuningdek, jabrlanuvchilarni himoya qilishda idoralararo hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratildi.

️ Xususan, Agentlik tomonidan “Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar - to’g’risida”gi PQ -175 -sonli qarori haqida ma’lumot berildi. Endilikda tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila-mahalla-tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatiladi. 2024-yil 1-iyundan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko’rsatiladi.

Tadbir davomida fuqarolik jamiyati, NNT vakillari ham xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish bo’yicha ma’lumotlar va taqdimotlari bilan bo’lishishdi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan ma'muriy reglament loyihasi yuzasidan berilgan taklif-tavsiyalari inobatga olinib, kelgusida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishda xizmat qilishi ta’kidlab o’tildi.

Batafsil ma’lumot

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
7.8K views04:02
Ochish/sharhlash
2024-05-28 16:13:56
2024-yilning 28-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasining (KOFIH) O’zbekistondagi vakolatxonasi vakili Tsoy Son Chon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida 2026-2030 yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston Respublikasida keksalarga g'amxo'rlik qilish tizimini isloh qilishni qo'llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish yuzasidan keyingi bosqichlar belgilab olindi.

Mazkur loyiha keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni hayot sifatini oshirish hamda jamiyatga integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlari faoliyatini isloh qilish va mahallarda kunduzgi parvarish xizmatlarini yo'lga qo'yishni o'z ichiga oladi.

Ma'lumot uchun: Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) Koreya Respublikasi Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi tashkilot boʻlib, sogʻliqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yaʼni xorijiy mamlakatlarda sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradi.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
5.8K views13:13
Ochish/sharhlash
2024-05-28 15:43:46
“Inson uchun” xayriya platformasi ishga tushgandan so’ng 1,5 oy davomida 120 ming murg‘ak qalb sohiblari taqdiriga befarq bo‘lmaganlar tomonidan yig’ilgan 992 million so‘m xayriya mablag‘lari evaziga 49 nafar bola uchun yangi hayot eshiklari ochildi.

Jarayonlar faol davom etmoqda va hozir yordamimizga muhtoj bo‘lgan yana 10 nafar bolani davolash uchun mablag‘ yig‘ilmoqda.

Keling, bizning ko‘magimizga muhtoj bo‘lgan bolajonlarga ertangi kunga umid va ishonch bag‘ishlashdan to‘xtamaylik!

Zero, har bir bola baxtli va sog‘lom kelajak uchun haqlidir.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
13.0K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2024-05-28 14:51:20
Sayyor qabul: Murojaatlarni joyiga borib o‘rganish va ijobiy hal etish yo‘lida

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi Sherzod Askarov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Nukus shahridagi joylashgan “Yoshlar markazi”da aholi muammolarini o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolardan, asosan, nogironlik aravachalari olish, yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish, sanatoriylarga yo‘llanma berish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarni parvarishlash nafaqasi, nogironlik pensiyasi va nafaqasini hisoblash, tayinlash va to‘lash, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, davolanishga order olish va boshqa shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Muammolarning aksariyati joyida hal etilib, ma’lum vaqt talab etgan masalalar yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Muxtasar aytganda, bugun hech bir murojaat shunchaki qog‘ozlarda qolib ketmayapti. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
5.6K views11:51
Ochish/sharhlash
2024-05-28 13:25:07
Ijtimoiy himoya milliy agentligida Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marko Mantovanelli bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Agentlik va Jahon banki oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari va ijtimoiy himoya sohasida istiqboldagi rejalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, "INSON" loyihasining amalga oshirilish jarayonlari hamda Agentlik bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit» sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish ishlarini faollashtirishda o'zaro ko‘maklashish hamda hamkorlik aloqalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
10.1K views10:25
Ochish/sharhlash
2024-05-24 10:58:05
Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy maʼrifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Maʼnaviyat soati” tashkil etildi

Dastlab, joriy hafta doirasida yurtimiz va xorijda roʻy bergan ahamiyatga molik voqealar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda 17-may kuni davlatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan imzolangan Oʻzbekiston -Malayziya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish qoʻshma bayoti yuzasidan maʼlumot tinglandi.

Tadbirda Agentlikning Xalqaro aloqalar, reyting va investitsiya boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi ishchi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan taqdimot qilindi.

Shu bilan birgalikda, Agentlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi tomonidan xodimlar bilan ishlash yoʻnalishini takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha maʼlumot taqdim etildi.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
5.2K views07:58
Ochish/sharhlash
2024-05-22 16:56:06
#statistika

Yagona ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar soni necha nafar?


Bugungi kunda reyestrdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar 18 406 nafar bo‘lib, shundan:
- yolg‘iz yashovchi keksalar – 10 633 nafarni,
- yolg‘iz keksalar – 3 689 nafarni,
- yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar – 2 651 nafarni
- yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar – 1 434 nafarni tashkil etadi.

Joriy yilning yanvar oydan
1-aprel kuniga qadar reestrga
1 529 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar kiritilgan va 1 883 nafari reyestrdan chiqarilgan.

Reyestrdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 291 nafar ijtimoiy xodim assistenti biriktirilgan bo‘lib, ularga uyida maishiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
11.4K viewsedited  13:56
Ochish/sharhlash
2024-05-22 16:02:17
Ijtimoiy himoya milliy agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Byalik Pavlo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Agentlik va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, qonunchilik hujjatlarini inson huquqlari xalqaro standartlari doirasida tahlil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy xodimlar salohiyatni oshirish bo‘yicha qo'shma tadbirlarni tashkil etish va malakali ekspertlarni jalb etish masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv davomida Agentlikning faoliyat sohalari hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususan nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

O'z navbatida Byalik Pavloda Agentlik faoliyatiga katta qiziqish bildirilgan holda, tomonlar qo'shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik aloqalarini o'rnatishga kelishib oldilar.

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
7.7K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-05-22 14:51:41
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya vositalari bilan ta‘minlash tartibi qanday?

23-may (payshanba) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar.

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

telegram instagram
facebook xcom
youtube ihma.uz
28.2K views11:51
Ochish/sharhlash