Get Mystery Box with random crypto!

AYOL VA ERKAK TABIATI HAQIDA. Erkak ayolni sevadi, ayol esa e | Ayollar Energiyasi Akademiyasi

AYOL VA ERKAK TABIATI HAQIDA.

Erkak ayolni sevadi, ayol esa erkakni. Mana shu yerda siz bir narsani tushunishingiz lozim.

Hozirda biologlarning aytishicha - va psixologlar ham bu fikrga qo'shilishadi - erkak kishi faqat erkak emas, u ayol hamdir. Ayol esa faqat ayol emas, erkak hamdir. Shuning uchun ham, erkak bilan ayol uchrashganda, ikkita odam emas, balki, to'rtta odam uchrashadi.

Erkak ayolni uchratadi, ammo erkakda ayol ham yashiringan, xuddi shu narsa ayolda ham bor. Ular ham uchrashadi. Bu uchrashuv ikkita fazoda ro'y beradi. Bu ancha murakkabroq, bir qancha pog'onali, ancha chalkashroqdir.

Erkak ham erkak, ham ayoldir. Nega? Chunki u ikkisidan kelib chiqqan.

Otadan nimadir o'tgan va onadan yana nimadir o'tgan, kim bo'lsangiz ham. Qoningizda erkak kishi oqadi, va, shuningdek, ayol ham. Siz ikkisi hamsiz, chunki siz qarama-qarshi qutblar uchrashgan joysiz. Siz sintezsiz! Birini rad etib, faqat narigisi bo'lishning iloji yo'q. Xuddi mana shu narsani odamlar qilishgan.

Aristotelga lug'aviy tomondan ergashishgan, barcha narsada va bu narsa odamlar uchun ko'plab muammolar keltirib chiqargan; bunday muammolarni esa, toki Aristotelga ergashar ekanmiz, yechib bo'lmaydi. Erkaklarga faqat erkak bo'lishni o'rgatishadi: hech qanday ayollarga xos sifat ko'rsatmasdan, yurak yumshoqligini bildirmasdan, qabul qiluvchanlikni bildirmasdan, doim agressiv bo'lishni aytishgan. Erkaklarga hech qachon yig'lamaslikni o'rgatishgan, chunki ko'z yoshi ayollarga xos. Ayollarga esa hech qachon erkaklarga o'xshamaslikni: hech qachon qahr qilmaslikni, ichidagini chiqarmaslikni, doim passiv bo'lib, qabul qiluvchan bo'lishni o'rgatishgan.

Bu narsa reallikka zid va bularning ikkalasi ham adashgan. Bundanda yaxshiroq dunyoda, yaxshiroq tushunadigan odamlar bilan, erkak ikkisiyam bo'ladi va ayol ham ikkisi bo'ladi, chunki ba'zida erkak ayol bo'lishga muhtojlik sezadi.

Shunday damlar bo'ladiki, u muloyim bo'lishi kerak, sevgi, iliqlik damlarida. Shuningdek, shunday paytlar borki, ayol yorilishi va agressiv bo'lishi kerak - g'azabga minganda, o'zini himoya qilganda, qo'zg'alon qilganida.

Agar ayol, shunchaki, passiv bo'lsa, unaqada u avtomatik tarzda qulga aylanadi. Passiv ayol qul bo'lishi tayin va mana shu narsa tarixda ro'y berdi. Agressiv erkak, hech qachon yumshoq bo'lmaydigan butunlay agressiv erkak esa bu dunyoda urush va janglar, nevrozlar va yovuzlikni yaratishi tayin.

Osho

https://t.me/Ijobathon_Abubakirovna