Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli ota-onalar! Voyaga yetmagan, tegishli toifadagi haydo | IIV | Rasmiy kanal

Hurmatli ota-onalar! Voyaga yetmagan, tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan farzandingizga avtotransport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻymang

Buxoro viloyatining Romitan tumanida YPX xodimlari tomonidan toʻxtatilgan “Lacetti“ rusumli avtomobilni voyaga yetmagan maktab oʻquvchisi boshqarib yurganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan hududiy profilaktika inspektori bilan hamkorlikda ish olib borilib, voyaga yetmagan farzandiga avtomobilni boshqarishga ruxsat bergan otaga nisbatan oʻrnatilgan tartibda chora koʻrildi.
———
Ҳурматли ота-оналар! Вояга етмаган, тегишли тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлмаган фарзандингизга автотранспорт воситасини бошқаришига йўл қўйманг

Бухоро вилоятининг Ромитан туманида ЙПХ ходимлари томонидан тўхтатилган “Lacetti“ русумли автомобилни вояга етмаган мактаб ўқувчиси бошқариб юрганлиги аниқланди. Ушбу ҳолат юзасидан ҳудудий профилактика инспектори билан ҳамкорликда иш олиб борилиб, вояга етмаган фарзандига автомобилни бошқаришга рухсат берган отага нисбатан ўрнатилган тартибда чора кўрилди.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV