Get Mystery Box with random crypto!

Sen bahorsan… Sen chechaksan… Fitrati nozik, Iforlari shirin, | 𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Sen bahorsan…
Sen chechaksan…
Fitrati nozik,
Iforlari shirin,
Qalbi qorlardan oppoq,
Orzulari dengizlar qadar,
Hayollari osmoncha,
Kulgulari orom,
Sukuti huzur…

Bu sensan!
Balki biroz dangasaroqdursan. Nima bo’libdi? Men seni shundayligingcha yaxshi ko’raman!
Balki biroz asabiydursan. Nima farqi bor? Men seni shundayligincha qabul qilaman!
Balki biroz to’laroq, yoki aksincha juda nozik, balki ranging oppoq, balki biroz bug’doyroq, balki juda quvnoq, balki o’ta jiddiy, balki juda sodda, balki biroz ayyorroqdursan.
Xo’sh nima bo’libdi?
Men sen qanday bo’lsang, shundayligingcha senga muhabbat bilan qarayman!
Seni rangbarang gullardan farqing yo’q-ku…
Ko’zlaring baxtdan chaqnasin, yuzlaring nurdan yorishsin, quyosh kabi porla!
Asosiysi, o’zingga xosligingni unutma!
Sendayi boshqa hech qayerda yo’q!
Senda ko’rgan go’zalligimni, boshqalar ko’ra olmasa, bu ularning zayifligi!

Qalbingni asra…kaftingda kichik qushchani tutgandek asra!
Sindirishlariga yo’l qo’yma!
Ona farzandini qanday avaylasa, sen o’zingni shunday asra!
Ko’zlaringni yum…mayin shabbodani, qushlar sayrashini, quyosh nurlarini his qil!

Gulim…dunyo go’zalliklari sen uchun!

@iffatliqalb