Get Mystery Box with random crypto!

Alloh Al-Avvaldir, barcha xayirlar Unda boshlanadi Alloh Al-Ax | 𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Alloh Al-Avvaldir, barcha xayirlar Unda boshlanadi
Alloh Al-Axirdir, barcha yo'llar Unga chiqadi
Alloh Al-Zohirdir, hamma narsa Uning borligini isbotlaydi
Alloh al-Botindir har bir qalb ichida Uni qidiradi

Bir odam tuni bo'yi Allohni zikr qilardi. Bir kun shayton odamga vasvasa berib:
"Allohni zikr qilishing qachongacha davom etadi? Sen tun bo'yi Allohni zikr qilasan-u, Alloh biron martta senga "qulim" dedimi?
Modomiki senga biron javob bermayabdi, sen bu yomon ahvoling bilan, gunohlardan qoraygan yuzing bilan qachongacha Alloh deysan? dedi.

Shaytonning bu pichirlashlari odamga ta'sir qildi, haqiqat deb o'yladi.
"Demak, men loyiq bir qul emasligim uchun Alloh menga biron javob bermayotgan ekanda.." deb o'ylab zikrni to'xtatti va uxlab qoldi.
Tushida Hazrati Hizrni ko'rdi.
"Allohni zikr qilishni nega tark qilding?" dedi.
"Men doim Alloh, Alloh deb zikr qildim, ammo biron martta Allohdan bironta javob olmadim. Men bu ishga loyiq emasligimdan va Allohning eshigidan quvilishdan qo'rqyabman" dedi.

"Sening "Alloh" deyishing, zotan Allohning "qulim" degani emasmi?
Alloh seni zikr qilmasa, sen Uni hech zikr qilolmaysan.
Sening Robbingga intilishing, Allohning seni chaqirishidir. U seni sevmaganida, O'z yo'liga yo'llab qo'ymasdi.
Sening Allohdan qo'rquving esa Allohning senga bergan lutfidir. "Ya Robbi" degan har ingrashinda Alloh sen tomon boqadi va seni eshitadi.

Qalbimiz ba'zan dard sabab ba'zan esa sevgi sabab "Alloh" deydi. Qul buni bilmasa ham, asl holat mana shu. Sevgi sabab zikr qilganlar, shukr qiluvchilardan bo'ladilar.

Koinotdagi hamma sabablar Allohning qudrati va rahmati bilan mavjud. Foniy sabablarga o'ralashib qolganlar adashadilar. Chunki barcha narsa sababini ham Allohdan oladi. Buni farqiga borgan har mo'min har bir ne'matni avvalida ham boshida ham oxirida ham Allohni ko'radi. "Alloh" deydi, sevgi bilan zikr qiladi, odob bilan ibodat qiladi.

@iffatliqalb