Get Mystery Box with random crypto!

Atrofga nazar tashlasam meni bir narsa judayam tashvishga soli | Ichingdagi ichingdadir

Atrofga nazar tashlasam meni bir narsa judayam tashvishga solib qoʻyadi... Insonlarning bir biriga qilgan muomulalari, bir birlarini xuddi oʻzlari farishtadek kamsitishlari, haqoratli soʻzlar bilan dillarga ozor berishlari... Nega nima uchun bunday boʻlib ketyapmiz... Qani qay biringiz ayta olasiz jannatdan xabar keldi manga deb... Hech kim hech qachon... Shunday ekan nima uchun bunchalar kibrlisizlar... hamma ham xato qiladi yanglishadi... Xatolarini hisob kitob qilish esa sizga qolmagan shuni unutmang... Undan koʻra oʻz gunohlaringiz uchun tavba qiling... Alloh sizdan u qanday yashadi bu qanday yashadi deb soʻramaydi sen qanday yashading deb soʻraydi...