Get Mystery Box with random crypto!

person's

Telegram kanalining logotibi ichimdagi_kitab — person's P
Telegram kanalining logotibi ichimdagi_kitab — person's
Kanal manzili: @ichimdagi_kitab
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39
Kanalning ta’rifi

Yozgim kelib qolsa yozaman, bo'lmasam yo'q.
Mabodoga men shu yerdaman:
http://t.me/anonymqa_bot?start=6062685364
Menga kitob olib bermoqchi bo'lsangiz:
9860600406718814

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-14 11:18:15 #hayitlik

Agar kanaldagi har bir odam kartamga 15,000 so'mdan tashasa, "Tafsiri Hilol" kitoblar to'plamini sotib olaman ekan:)
Kitoblar uchun har oy ajratadigan, yig'iladigan mablag'im bor lekin, u pullarga boshqa kitob olaveramiz . Nima ko'p, olinishi, o'qilishi kerak bo'lgan kitoblar ko'p.

P/s 1: bu postni ko'rgan, ayam: "Endi, shu yo'lga o'ttingmi, uylamaysanmi!" deyishi aniq

P/s 2: menga kitob olib bergan odamni umuman unutmayman
28 viewsedited  08:18
Ochish/sharhlash
2023-04-14 07:26:18Amerika fojiasi - Teodor Drayzer

Kitobni tahimiman bir oycha oldin tugatgan edim. Aytishlaricha, bu kitobni yozish g'oyasi muallifga o‘sha paytlarda Amerikada sodir bo'lgan bir mudhish jinoyat sabab bo'lgan ekan. Kitob qalingina ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi juzda bosh qahramon bo'lgan Klayd ismli o'spirinning hayoti, yashash tarzi, oilasi va shu kabi ma'lumotlar yozuvchi tamonidan mohirona tasvirlanadi.

Kitobni o‘qir ekansiz muallifning qanchalar mayda detallarga ham zo‘r berib e'tibor berganini guvohi bo‘lmay qolmaysiz. Tasvirlash va yoritib berish san'ati unda juda yuksak darajada ekanligini anglaysiz. Syujetlar ham bir-biridan qiziq va ba'zan kutilmagan hodisalarga boy shu vajdan ham o'quvchi intiqib o‘qiy oladi.

Klayd o'ta taqvodor va shu bilan birga juda abhor holatdagi qashshoq oilada tug'ilgan, bir boylikka mukkasidan ketgan yigit bo'ladi. Uni hardoim burjuaziya hayoti, kiborlar davrasi, o‘ta ketgan darajada katta boyliklar, ko‘ngilxushliklar qiziqtirgan. Va shu qaysidir ma'noda "keraksiz" qiziqishlari uni har ko'yga soladi. Shu manfaatfarastlik tufayli u o‘zini harob qilib, nafsining aldamchi xoy-havaslariga uchib qotillikka qo‘l uradi.

Kitobdan xulosa olish o'ta qiyin emas. Shunchaki, ko'zingizni to‘q qiling, har nedan ham manfaatlar izlayvermang. Oddiylik, to'g'rilik, soflik, bag‘rikenglik doim hamrohingiz bo'lsin. Sizniki bo'lmagan taqdirlarga unchalik ham havas bilan boqmang. Menga asar yoqdi va bekorga bunaqa mashhur emasligiga amin bo'ldim.

Aytgancha, tarjima ham super. O'tkir Usmonov va Erkin Nosirovlar ruschadan o'zbek tiliga mohirona ogirishgan ekan.

#book_review

@ichimdagi_kitab
31 viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2023-04-09 14:25:44 Shaxsiy fikringni aytaman deb boshqalarning shaxsiy chegarasini buzib qo'yma.

#menga
81 views11:25
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:31:34Martin Iden - Jek London

Sen hayotda biron-bir yutuqqa, mansabga yoki boylikka erishgan oning oldingda sen xohlaysanmi yo'qmi ba'zi sen mutlaqo kutmagan insonlar paydo bo'ladi. Senga, sening qobiliyatingga bo'lgan eski qarashlar tubdan o'zgarib ketadi. Oldin senga ensasini qotirib, past nazar bilan qaraganlar endi oldingda girdikapalak bo'lishlarini hech qo'yishmaydi. Bu insoniyatning jirkanch qonuniyati desak ham mubolag'a bo'lmasak kerak.

Martinni his qilib o'qilsa, o'quvchining psixologiyasiga qaysidir ma'noda qattiq, salbiy ta'sir ko'rsatoladi. Shu bilan birgalikda hayotdagi ba'zi "haqiqatlarini" ham unga yaxshigina ko'rsatib beradi. Martindagi maqsadiga bo'lgan intilish, surunkali muvaffaqiyatsizliklardan sinib qolmaslik, jasorat, hayotga va uning sinov-u, nohaqliklariga bo'lgan chidamlilik odamni chindan ham hayratga soladi.

Martin bir burda nonga zor bo'lganda, birga och qoldim. Kiborlar bilan entikib, o'zidan, ahvolidan uyalgan ko'yga tushganda, meni ham qandaydir yuzim qizardi. Ko'p yig'ladik. Badavlat manfaatfarastlarni deya, unga zarracha ishonch bog‘lamagan "yaqinlarini" deya ko‘p kuyindik.

Martinning asl maqsadi ham o'zi shu emasmidi, boylik, mansab, amal, kiborlardek hayot emasmidi? U o‘yladi, shular uni baxtli qiladi, shular orqali u o'zi xohlagan "unga" yaqinlashaman deb o‘yladi. Lekin, maqsad amalga qaysidir ma'noda Martin hayotga nisbatan qo‘l siltagan payti amalga oshdi. O'zi odatda ham sen taslim bo'lganingda, qayerdandir umid uchqunlar seni topadi. Lekin, uni maqsadsizlik oxiri ado qildi. Hayotda, ha shu yashayotgan hayotimizda bizni doim oldinga undovchi bir maqsadimiz bo'lishi kerak ask holda, yashash yanada qiyinlashadi, noaniqliklar, tushkunliklar bizni o'z domiga tortib ketadi.

Kitob barchaning kitob javonida bo'lishi, o'qilishi va uqilishi kerak deb bilaman. Bu o‘lmas asar bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Yillar, zamonlar o'tsa ham shu asar noyobligicha qolaveradi. Chunki, odamlar o'zgarmaydi, ularning mansabga bo'lgan intilishlari, bir-birlarini tabaqalashlari o'zgarmaydi, insoniylik o'zgarmaydi.

#book_review

@ichimdagi_kitab
67 viewsedited  07:31
Ochish/sharhlash
2023-04-05 16:49:29 Gapiraveraman...

Mindey o'ylab qarasak. Bu yerda juda katta bir narsa bor. Juda ayanchli, juda qo'rqinchli. Kim unda o'ziga bunday vaxshiylikni ravo ko'radi? Kim ayting? 5 ballik zilzila bo'lsa yuragimiz taka-tuka bo‘lib yotibdiyu. Har qanday ona o'z bolasini ming azobda dunyoga keltiradi. Yana ming azobda katta qiladi. Yana bu hol 2, 3 marotaba takrorlanadi.

O'tgan yili tanish narigi qishloqda yashovchi bir ayol qizi bilan kelinini urib o'ldirib qo‘ygan. Kimdir o'zini yoqqan. Kimdir kanalga cho‘kkan. Bunaqa holatlar rostan juda ko'p. Balki, mana shu postni yozib turgan bir paytimda ham qaysidir "kelin" suiqasdni reja qilayotgandir. Kim biladi.

Oilalarda bir nimalar bo'layapti. Ha, o‘limdan ham, o‘lim azobidan ham qo‘rqitmay qo‘yoladigan bir narsa, o'ta azobli narsa ro'y berayapti. U nima? Hammani o'ziga ayon. Ba'zan atrofimdagi yangi kelinlarni kuzataman va kelinlik shumi?

Kichik misol aytaman. Mehmonga borsak, dasturxon atrofida men va men kabi xo‘kizday qizlar bo'lsa ham kelinoyimni o‘zi hamma ishni qiladi. Men qarashaman lekin, qaynonasi kelin qiladi, sen qima deydi. Uyam birovni bolasiku? Men ham ertaga qayergadir kelin bo'lib tushsam, shunaqa erimni butun urug'-aymog‘ini ko'nglini olib, xizmatini yelib-yugurib qilamanmi?!

Bitta jonga shuncha narsa sal ko‘pmasmi? Insof degan narsa bormi? O‘zi tabiatan ayolga qiyin. Hammaga qiyin lekin, ayolga Robbim ham ibodatlarini qilsa, iffatini saqlasa, ro‘zasini tutsa, erini aytganini qilsa Jannatni va'da qilgan. Jannat yo‘li esa mashaqqatli...

Hamma ayollarning yelkalariga agar shu sha'riyat yuklari qo‘yilsa, ular chiday oladi. Lekin, bular sha'riyat aytgan yukni ham, yana o'zlari va urf-odatlari yaratgan 3 tonna yuklarini ham ayolga yuklashib uni nobud qilishyapti, shu darajaga keltirishyaptiki u jonidan kechayapti.

Uy-ishlari, eringni falonchisini 1 yoshli chevarasiga ham sizlab, chiroyli muomala qilishlar, kunduzi bilan tinmay silkangni quritishlar, buni ichida yiliga bitta tug‘ib berishlar, hammaga iching yonib tursa ham "ho‘p-ho'p" deyishlar, eringga ozgina ahvolingni, dardingni aytsang kaltak yeyishlar, maishiy zo'ravonlik qurboniga aylanishlar, na uyquga na ovqatga to‘yishlar. Buni kamiga agar turmushdagi o'rtog'ingni "xurmacha" odatlariga chidashlar ham bor.

Shumi kelinlik? Meni bir yoshimdan ro'mol boshimga tashlab "Kelin bo‘lasan. Oydek kelin bo‘lasan. Baxtli bo'lasan" deb miyyamga uqtirishgan kelinlik shumi? Men shu uchun yashaymanmi? Men bir umr kimgadir qul bo'lish uchun shuncha joyni bosib keldimmi? Ma'nan qul, moddiyan qul, psixologik qul, aqlan qul ha, jismonan qul! Kelin qul! Eshik tagida akkillagan itga ham javob beradigan qul!

Avvaligi qullardan sizning farqingiz shuki, sizni oq ko'ylakka va puch yong'oqlarga burkab, chiroyli qilib olib ketishib, keyin nima qilsa qilishadi...
"Agar shunday bo'lsa, bu "baxtdan" kechganim bo'lsin!" deb aytgandi bir qiz.

20 yil davomida menga va'da qilinib kelayotgan "baxt" qani, qayerda? Kim biladi?!
88 viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:40:02 Hotirjam yasha.
O'z hayotingda yasha.
Kutmasdan.
Kuttirmasdan.
Ha, mayli kutilmasdan ham.
Hammadan o'zingni, o'zingdan o‘zgalarni salomat saqlab, yasha.
Yomonliklardan yiroqda,
Xasad-u, fisqi-fasodlardan firoqda,
O‘tmishga qo‘l siltab,
Kelmagan kelajakdan kechib.
Shunchaki, chuqur nafas olishdan ham lazzat olib, yasha.
Hech kim bilan musobaqalashmay, o'z yo‘lingda ikkilanmay yasha.
Ertaga afsus qilmoqchi bo'lmasang bugun yasha.
Odamlar uchun emas avvalo U uchun, keyin o'z qadring uchun yasha.
O'zing uchun.
Seni qadrlovchilar uchun.
Yasha.
Tinchgina yasha.
Yomon kayfiyatlardan, tushkunliklardan voz kechib, shukur qilib yasha!
Aslida bunday yashash o‘ta oddiy lekin, sen va sen kabilar qiyinlashtirishdan uyog‘iga o'tolmaydi!
Yashash bilan yashashni farqi bor.
Sen o'z yo‘lingni, o'z tarzingni tanlab yasha.
Sendan ayb qidiradiganlarga ham, senga o'zidan-o‘zi dushman bo‘ladiganlarga ham kulib qo'yib, yo‘lingda davom etadigan darajada kuchli bo'lib yasha!
139 viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2023-03-30 21:02:02 Xudbin bo'lma!
Sen nafaqat o'zingga bir juft balki, eng-eng asosiysi kimgadir ota yo ona tanlayapsan. Seni hech ham adashishga haqqing yo'q.
101 viewsМ.C, edited  18:02
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:57:33 Kimlarnidir o'ziga, kimlarnidir yuziga qarab aytolmaganlarimizni shunchaki yozib yuribmiz...
95 viewsМ.C, 14:57
Ochish/sharhlash
2023-03-29 17:58:19 Tushunish har doim sevishdan bir pog'ona yuqorida turadi. Hamma ham sevoladi lekin, kamchilik tushunoladi...

#menimcha
88 viewsМ.C, 14:58
Ochish/sharhlash
2023-03-26 06:54:15 Me'yordan oshgan har narsa zararga ishlaydi. Mo‘tadil bo‘ling.
109 viewsМ С, 03:54
Ochish/sharhlash