Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor

Telegram kanalining logotibi ichbfkdekan — Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor X
Telegram kanalining logotibi ichbfkdekan — Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor
Kanal manzili: @ichbfkdekan
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 107
Kanalning ta’rifi

Farg’ona politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Jaxongirov Ilimdorjonning telegram kanaliga xush kelibsiz!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-05-28 20:17:40
Prezident maslahatchisi Farg'ona talabalari bilan bir maydonda to'p surdi

Farg'ona viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda talaba-yoshlar o'rtasida millionlar o'yini hisoblangan futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov maydonda to'liq vaqt to'p surdi.

Sport uchrashuvida institutimiz rektori O'.R.Salomov darbozabonlik qilgan bo'lsa, o'quv ishlari bo'yicha prorektorimiz J.Kambarov raqiblar jamoasiga gol urdi.

Uchrashuv 7 : 6 hisobida "Talabalar" jamoasining foydasiga hal bo'ldi.

Telegram | Instagram | Facebook
435 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-05-25 08:51:17
#Tashrif

Bugun Fargʻona politexnika institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Galina Saidova, Fargʻona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Xurshidjon Axmedov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarni institut rektori O‘.Salomov oliygohda mavjud “Oʻquv-ilmiy ishlab chiqarish” markazlari hamda 15 ta spin-off korxonalarning ish faoliyati va innovatsion mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, ular oliygohda olib borilayotgan davlat ilmiy texnik va xalqaro loyihalar bilan tanishib, oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook
406 views05:51
Ochish/sharhlash
2022-05-25 06:17:26
Bugun 25 may yurtimizda So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni. Barcha bitiruvchilarni tabriklaymiz. Bugungi bayram muborak aziz bitiruvchilar

Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
265 views03:17
Ochish/sharhlash
2022-05-24 16:25:30
#andijon_viloyatiga_sayohat

Andijondagi “Bog‘i Bobur”ga sayohat

Andijon shahri - o‘zbek she’riyatining taniqli vakili, Mug‘ullar sulolasining asoschisi, sarkarda va hukmdor Boburning vatani.

Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetining tyutorlari G.Sultonova hamda Z.Mingboyevalar boshchiligida talabalar bilan Andijondagi “Bog‘i Bobur”ga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Bobur milliy bog‘i majmuasiga borishdi hamda “Bobur va jahon madaniyati” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Talabalar muzey ko‘rgazmalarida Bobur jamg‘armasi turli mamlakatlarga bir necha bor uyushtirgan ekspedisiya natijasida to‘plangan noyob tarixiy kitoblar, Bobur asarlarining qo‘lyozma nusxalari, xususan “Xatti Boburiy”da Bobur o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan Qur’oni karim nusxalari, Bobur davri qurolaslahalari, saroy ahli kiyimlari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar bilan tanishib o‘tishdi.

Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
285 views13:25
Ochish/sharhlash