Get Mystery Box with random crypto!

Kayfiyatni ko'taruvchi xatolar Hayotda yasharkansan bilib bil | IBROHIMOV • PORTFOLIO

Kayfiyatni ko'taruvchi xatolar

Hayotda yasharkansan bilib bilmay ko'p xatolar qilasan

Ular nafaqat senga balki atrofingdagilarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi

Yaqinda bo'lib o'tgan bir voqeani aytib beray

Qaysi kuni qolipli non (bo'lka) pishirib sotuvchi do'konga non olish maqsadida ketayotgandim. Yo'l-yo'lakay bir voqeani eslab kayfiyatim ko'tarildi. Bu voqea 2018-yilda shunaqa non sotib olishim bilan bog'liq edi.

Do'konga borib, sotuvchi akadan savdolashib non olish maqsadida ,,Aka 5 ming so'm pulim bor. Shuni 4ming so'miga 3 ta non berasizmi?"dedim. Keyin sotuvchi aka kulib ,,Bizda 2 ming so'mga ham 1ta non berilmaydi" dedilar.

Mundoq o'ylab qarasam hozir bunday nonlarning donasi kamida 3 ming so'm turadi. Men esa bu narxlarni 2018-yildagi narxlar bilan adashtirb zato qilibman

Ha, xatolar faqatgina senga ta'sir qilmaydi

Ular yon atrofingdagilarni ham hissiyotlarini boshqaradi.

Agar katta bosimli ish yoki o'qishdan so'ng madaniy hordiq olaman desang ushbu kanalga kir

@azizrakhimov_blog