Get Mystery Box with random crypto!

IBRAGEEMOFF

Telegram kanalining logotibi ibrageemov — IBRAGEEMOFF I
Telegram kanalining logotibi ibrageemov — IBRAGEEMOFF
Kanal manzili: @ibrageemov
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy blog, foydali bir nimalar yozib turaman

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-31 18:54:03 Yildan yil yaxshi (emas)

Agar siz 2023-yil hayotim moʻjizaviy tarzda oʻzgaradi deb umid qilsangiz, katta ehtimol bilan xato qilasiz.

Sizni hayotingizni yangi yil emas, "Allohning fazli bilan" sizning harakatlaringiz oʻzgartiradi.

Shunday ekan, har-xil ertaklarga ishonmasdan hayotga real nazar bilan qarang.

Ibrageemoff
19 views15:54
Ochish/sharhlash
2022-12-30 20:44:37 ​Зирак.

Олтинчи синфда ўқир эдим, 90-йиллар жуда қийин кечди, ота-онам оддий ўқитувчи бўлишган, кўп ўқитувчилар бозорга чиқиб кетишди, кимсан “коммерсант” бўлиб олишди. Ота-онам эса таълим беришдан бошқасини билишмас эди. Маош уч ойда бир берилади, у ҳам рўзғордан бошқа нарсага етмайди.

Ҳар якшанба куни Навоийдаги “Янги бозор” деб номланган бозорда эски-тускиларни сотадиган бозорга чиқар эдик, дадам ва мен, гоҳида катта сингли ҳам. Асосан ўзим савдо қилар эдим, тушган пулга ҳафталик ёки ойлик озиқ-овқат қилар эдик.

Гўшт эса ойда бир олинар эди, бир бозорда қанчадир пулга бозор қилдим, бозордаги китоб сотадиган дўкон менинг севимли жойим эди. Ўша якшанба савдо унчалик ҳам айтгандай бўлмади.

Дадамга бир китобни олиб бериши учун хархаша қилдим, ҳол-у жонига қўймадим, охири китобни олдирдим. Уйда гўшт тугаган, албатта китоб олингач гўштга пул йўқ.

Уйга келгач дадам билан онам яхшигина жанжаллашишди, жанжалга сабабчи бўлганимдан жуда хафа бўлдим. “Гўшт емай қўя қоламиз” - дедилар дадам.

Онам йиғладилар, она учун болаларининг қорни тўйиши муҳим-да. Лекин эртасига қаердандир уйимизда гўшт пайдо бўлди, гўштга қўшиб бошқа озиқ-овқатлар ҳам келиб қолди.

Кейинроқ эътибор берсам, онамнинг қўлоғидаги севимли зираклари йўқ эди. “Болам, ўқисанг бўлди, қолгани топилади” - деб қўйдилар.

Бектош Хатамов
20 viewsedited  17:44
Ochish/sharhlash
2022-12-29 21:42:20 Bilaman ko'p yozyappan bu poʼstlar yozmagan kunlarimgayam
17 viewsedited  18:42
Ochish/sharhlash
2022-12-29 21:41:03 Har kimki pora bersa, baho topgusidir
har kimki pul bermasa, rosa chopqusidir...
16 views18:41
Ochish/sharhlash
2022-12-29 15:29:12 Ona qarang, odamlar ucha olar
Qaniydi men ham yetsam ularga
Ana qarang axir, mendaqa o'sha bola
Bu yerlardan uchib ketsa bo'larkan

Bu so'zla tanish o'zimga o'xshaganlarga
Xar bitta shansni maxkam ushaganlarga
Oylab do'stlar bilan ko'rishmaganlarga
Qiziqib emas majbur ishlaganlarga

Kimga bayram edi kimdadir yangi yil
Akasidan keyin kiyganlar kiyim
Oldin ishlab oqlab, yeganlar keyin
Orzuga ishonib, chidab keganlargayam

Bu ko'chada hech kim "Balenciaga" kiymas edi
Ota-onalarda ham ma'lumot oliymas edi
Shu sabab, ular mayli bolalarim o'qisin dedi
Bizda bo'magan hayot ularda bo'sin dedi

Hamma narsamizni tikdik o'qishga
Diplom olib kirdik ishga
Lekin negadir hayot o'sha o'sha
Xuddi qamoq, "Шоушенк"

Ona qarang bo'sslarni diplomi yo'q
Dada ularni uyida ketmoni yo'q
Bizni aldab qoldirishdi bir dona yo'l
O'ylashdi bizda uchishni imkoni yo'q

Ona qarang, odamlar ucha olar
Qaniydi men ham yetsam ularga
Ana qarang axir, mendaqa o'sha bola
Bu yerlardan uchib ketsa bo'lar ekan
Ona qarang odamlar ucha olar...

KONSTA

Ibrageemoff
19 views12:29
Ochish/sharhlash
2022-12-29 10:36:38 Goʻzal Turkiston, senga ne boʻldi?
Sahar vaqtida gullaring soʻldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Boʻlmasmi dil shod?

A. Choʻlpon
15 viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-12-28 22:33:30 Tahorat Namozning kaliti - Namoz Jannatning kaliti.

Tahoratda boʻling Namoz oʻqishingiz oson boʻladi, Namozda boʻling Jannatga kirishingiz oson boʻladi.

Ibrageemoff
17 viewsedited  19:33
Ochish/sharhlash
2022-12-27 00:51:47 Yomon farzandman.

Uyga keldim Ota-onamni ko'rdim ancha suhbatlashdik ularni judayam sogʻingandim, oʻzimdan qattiq jahlim chiqdi: 1 yildan oshiq Toshkentda yurib, yashab kimligimni unutibman. Aslida nimaga ketganimni unutibman. Ota-onamni hozirgi holatdan yaxshi sharoyitga olib chiqishga xarakat qilmasdan...exx menga voy boʻlsin. Yaxshi farzand boʻla olmadim. Oʻzim yaxshi sharoyitda yashab ota-onam qanaqa holatda yashayotgani haqida oʻylab ham koʻrmabmam. Oʻzlari yaxshi kiymasayam, yemasayam menga pul joʻnatishgan, aslida menga uyqu xarom boʻlishi kerakmasmidi? Toʻgʻri yoʻldan ancha adashibman. Ularni har-bir tushgan oq sochi meni deb emasmi? Payti kelsa bir kunda bir marta telegramdan boʻlsa ham habar olmaganman. Alloh yoʻlida qilinadigan yaxshiliklarda namozdan keyin turadigan amal bu ota-onaga yaxshilik qilish ediku, men buni bilardim-ku nimaga unutdim. Hech kimga dindan gapirmay qoʻydim oʻzimni tilim qisiq. Exx ahvolinga voy boʻlsin. Kimlardir otaga kimlardir onaga muxtoj menda ikkalasi ham boʻla turib farzandlik burchimni ado etommayapman. Buni yozishdan maqsad orqamizga qaraylik. Ota-onamizni borida qadriga yetaylik ertaga bir marta hidini hidlashga zor boʻlamiz. Meni xatoyim boshqalar uchun ibrat boʻlsin...

Ibrageemoff
20 viewsedited  21:51
Ochish/sharhlash
2022-12-25 14:54:07
25. 12. 2022.
24 views11:54
Ochish/sharhlash