Get Mystery Box with random crypto!

Gapir Nimadur gapirish kerak, aytmasang bo’lmaydi Lekin gapi | IBRAGEEMOFF

Gapir

Nimadur gapirish kerak, aytmasang bo’lmaydi

Lekin gapirmaysan

O'zi tushunib yetar deb o’ylaysan

Yoki fikrimni o’qib oladi deysan

O’zi shundoq ham bilsa kerak deb o’ylaysan

Vaqtim yo’q-ku, ko’rmayaptimi?

Oyligimni ohirmaydimi, ahvolimni biladiku

Qo’pol-ku juda, nahotki sezmasa?

Oddiy narsa-ku bilmaydimi?

Yo’q, bilmaydi.

Sen uchun oddiy bo’lgan narsa kim uchundir yangi Amerika

Seni ahvolingni ham bilmaydi

Unutib qo’ygan, odamlarni o’z dardi yetarli

Odamlar yomon emas, shunchaki bilmaydi yoki unutib qo’ygan

Shuning uchun

Kimdur yoqib qoldimi, oldiga bor, ayt

Hamkasbing noto’g’ri ish qildimi, ayt

Bajara olmaysanmi, ayt

Qiynalyapsanmi, ayt

Yoqmayatimi, ayt

Odamlar fikrlarni o’qiy oladigan darajaga chiqmadi hali (ba’zilar ishoralarni ham tushunmaydi)

Gapirmasang bilishmaydi

@azizrakhimov_blog