Get Mystery Box with random crypto!

20-iyundan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va umu | IBN SINO MFY

20-iyundan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va umumta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul boshlandi

2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti va my.gov.uz portali orqali boshlandi. Qabul 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

2022-2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga my.maktab.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi.

@ibnsinomfy