Get Mystery Box with random crypto!

Andijon shahrida joylashgan „Ishga Marhamat“ Monomarkazi band | IBN SINO MFY

Andijon shahrida joylashgan „Ishga Marhamat“ Monomarkazi band boʻlmagan ishsiz aholini servis va xizmat koʻrsatish, texnika, umumqurilish, qishloq xoʻjaligi sohalari boʻyicha hamda ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan boshqa kasblarga oʻqitish uchun 25 xil kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha bepul xizmat koʻrsatadi, yaʼni yoʻnalishlar boʻyicha 1 oydan 4 oygacha boʻlgan muddat davomida oʻqitiladi, imtihondan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804 sonli qaroriga muvofiq oʻrta maxsus diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikat beriladi.

Servis va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha:

- Ayollar sartaroshligi
- Erkaklar sartaroshligi
- Tikuvchilik
- Zamonaviy pardalar tikish
- Qandolatchilik
- Oshpazlik
- Ofitsiant Batler
- Toʻquvchilik
- Kosmetologiya
- Neyl-stilist
- Uqalovchi
- Yosh bolalar va qariyalar uchun enaga
- 1 C Buxgalteriya

Texnik soha boʻyicha:

- Avtoservis texnik xizmat koʻrsatish
- Santexnika
- Elektrik
- Payvandlovchi
- Zargarlik
- Maishiy uy roʻzgʻor buyumlarini taʼmirlash ustasi
- Kran operatorligi

Qurilish sohalari boʻyicha:

- Suvoqchi va boʻyoqchi
- Kafel va gʻisht teruvchi
- Gipsakarton va profillarga ishlov berish ustasi
- Alyumin va plastmassa profillaga ishlov berish (Akfa)
- Issiqxona boʻyicha mutahassis

Bundan tashkari pullik 4 ta alohida xorijiy tillar
(rus, ingliz, yapon, koreys) hamda kompyuter savodxonligi kurslarimiz ham mavjud!

Ish vaqtimiz haftada dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
(tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)

Manzil: Andijon shahar, Boburshox koʻchasi 4-uy.
Moʻljal: Zamin oshxonasining roʻparasi.
Qoʻshimcha savollar uchun operator telefon raqami:
+998 99 080 02 23


@ibnsinomfy