Get Mystery Box with random crypto!

#Эътироф MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN! O‘zbekiston Respublikasi | @IbnSinoMaktab.uz

#Эътироф

MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.

Farmon bilan, jumladan yurtdoshlarimiz Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizda ilm-fan, ta'lim, sport, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan ustozlar ham bor:

Jamaliddin Kamalov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Boxodirjon Isomov - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Maxfuza O‘rinova - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan Marhamat tumanidagi 3- ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internati direktori - “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Yuksak e’tirof muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube