Get Mystery Box with random crypto!

Kitobni oʻqib, unda nima oʻqiganingni yozisham qiyin ekan Ki | .

Kitobni oʻqib, unda nima oʻqiganingni yozisham qiyin ekan

Kitobda Yahyo afanding hikoyini Yoqub soʻzlab bergan. Yayo afandi Sulton Sulaymon Qonuniyning emikdoshi inisi. Sulaymon va Yahyoning bir biriga bogʻliqligi biri davlatlarni yana biri qalblarni fath qilgan va ikki yarim bir butun boʻlgan. Bu ikkising nasfga qarshi kurishi va Yahyo afanding Allohning suygan bandalari darajasiga chiqish yoʻllari yoritilgan.

Asosiy joyi esimdan chiqibdi Halil afandining istanbuldagi eski qabiristondagi qabir toshlarini royhatga olish uchun tashrifi va hayoting keskin oʻzgarishiga sabab bolgan sirli inson Mahmud afandi bilan toʻqnash kelib qolishi.

"Darvoqe, biz oʻlish uchun majbur boʻlib tugʻilganmiz. Lekin men oʻlishga majbur boʻlishdan emas, oʻlgandan keyin oʻlib qolishdan qoʻrqaman."
Oʻlgandan keyin oʻlish nima degan savol sizdaham tugilgan boʻlishi tanyin unda bu kitob siz uchun.

Jism foniy, jon ólmas,
Kunlar qayta kun boʻlmas,
Oʻlsa, faqat tan oʻlgay,
Jon atalgan gul soʻnmas.
"Oshiqlar oʻlmas!"

@abdullohbilan