Get Mystery Box with random crypto!

Huzayfa tv🍃

Telegram kanalining logotibi huzayfa_tv — Huzayfa tv🍃 H
Telegram kanalining logotibi huzayfa_tv — Huzayfa tv🍃
Kanal manzili: @huzayfa_tv
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.84K
Kanalning ta’rifi

Bizni kutar,biz kutgan kunlar..
Manba bilan olinsin!
instagram.com/huzayfa_tv_
@huzayfatv_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2022-07-12 17:21:52
#oila
Er-xotin orasida nizo chiqdi. Ayol yotoq chetiga oʻtirib yum-yum yigʻlardi. Shu vaqt eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Ayol eshikni ochib qarasa, uni koʻrgani ota-onasi kelibdi. Qizining yigʻidan qizargan koʻzlarini koʻrgan ota-ona tabiiyki, xavotirga tushdi.
— Tinchlikmi, qizim? Nega buncha yigʻlading?
Qizi mungli yuzini nim tabassumga aylatirib, shunday dedi:
— Aytsam ishonmaysizlar, sizlarni juda sogʻingandim, koʻrgim kelganidan ichim gumirib yigʻlab oʻtirgandim. Ne ajabki, eshik qoqib kelib oʻtribsizlar!

Bu gapni nargi xonadagi er eshitib turgandi. Xotinining matonati, oila sirini didiyo qilmaganidan unga hurmati oshdi, oʻz qilmishidan esa xijolat torti.

Oila hikmat, sabr-toqat va matonat bilan qoʻriqlanadi.

@huzayfa_tv
4.7K views14:21
Ochish/sharhlash
2022-07-11 20:00:27
Shovqin yoqmayaptimi!?
Kimsasiz joylarga ketmoqchimisiz?!

Demak ulg'ayibsiz...

@huzayfa_tv
5.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-07-11 09:27:27
​​ Ayol kim?

Birinchi bo‘lib diktator fir’avnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz ro‘para turgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sayyida Osiyodir.

Birinch bo‘lib Ka’batullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi bo‘lgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir.

Birinchi bo‘lib yer yuzidagi eng pok suv Zamzamni ichishga erishgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir.

Birinchi bo‘lib Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir.

Birinchi bo‘lib Islom uchun jonini fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sumayya roziyallohu anhodir.

Birinchi bo‘lib Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir.

Bilmagan har kimsa bilib olsinki, ayol Islom uchun faxrdir. Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan ummatga Allohning salomlari bo‘lsin..!


@huzayfa_tv
6.1K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2022-07-10 18:36:01
...nafaslar og'irdir dard bor yurakka

@huzayfa_tv
5.6K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-07-10 05:10:16
Hamma odamning ichida ko'ngli bo'lsa,men ko'nglimning ichidagi odamman... Ehtiyot bo'ling..

@huzayfa_tv
6.0K viewsedited  02:10
Ochish/sharhlash
2022-07-09 20:00:27
Ko'ngilda ko'p edi orzu-yu havas.
Imorat bitdiyu,yetmadi nafas.

@huzayfa_tv
10.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-07-09 15:28:40 #
Sen ketding kuz keldi iliq tomchilab,
Sovuq ko'z yoshlarim do'stlashib oldi.
Yoqimli lahzalar,beg'ubor onlar.
Va bahor sen ketgan yo'llarda qoldi.

@huzayfa_tv
5.7K views12:28
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:07:02
Ba’zida hech kimga aytish kerak bo’lmagan gaplar bilan yashaysan. O’zingni ovutasan, hayollaring bilan chuqur suhbatga sho’ng’iysan. Atrofdagi vaqt va tashqi omillar senga ta’sir qilmay qo’yadi, ajablanasan.

Nazar sol, hayollaringni tartibla, o’zingga bo’lgan inshonchni oshir va oldinga qadam tashla.

@huzayfa_tv
6.1K views02:07
Ochish/sharhlash
2022-07-08 20:00:02
Nurlardan yaratdi farishtalarni,
Mo'minlarga atadi go'zal Jannatni..
Azon sadosidan mamnundir falak,
Mehribon dindoshim Hayit Muborak..

Alloh xonadoningizdan fayz-u baraka, tinch-totuvlikni aritmasin..

@huzayfa_tv
9.6K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-07-08 17:19:02 #ulashing
Toʻrt kishidan hech qachon arazlamang:
Otadan;
Onadan;
Aka-ukadan;
Opa-singildan!

Toʻrt narsadan Alloh taoloning panohini tilang:
Gʻamdan;
Mahzunlikdan;
Ojizlikdan;
Baxillikdan!

Toʻrt kishiga bagʻritoshlik qilmang:
Yetimga;
Miskinga;
Faqirga;
Bemorga!

Toʻrt narsani taqinchoq kabi taqib oling:
Sabrni;
Halimlikni;
Ilmni;
Sahiylikni!

Toʻrt kishiga yaqin yuring:
Muxlisga;
Vafodorga;
Ochiq koʻngilga;
Sodiqqa!

Toʻrt kishidan uzoq yuring:
Oilanggizga koʻz olaytiradigan fosiqdan;
Millat xoinidan;
Musulmonlarning xatosini izlab, sharmanda qilish uchun urinadigan «quloq»dan;
Dushmanga xizmat qiladigan pastkash «doʻst»dan!

Toʻrt kishiga ishonmang;
Kazzobga;
Oʻgʻriga;
Hasadgoʻyga;
Manmanga!

Toʻrt kishidan mehringizni darigʻ tutmang:
Juftlaringgizdan;
Farzandlaringizdan;
Oilanggizdan;
Sodiq doʻstlaringgizdan!

Toʻrt narsani kamaytiring:
Yeyishni:
Uxlashni;
Dangasalikni;
Kalomni!

Toʻrt narsadan hech qachon aloqangizni uzmang:
Namozdan;
Qurʼondan;
Zikrdan;
Qarindoshlik aloqasidan!

@huzayfa_tv
6.1K views14:19
Ochish/sharhlash