Get Mystery Box with random crypto!

Usmon roziyallohu anxu aytdilar: - “Kim besh vaqt namozni o | Huzayfa tv🍃

Usmon roziyallohu anxu aytdilar:

- “Kim besh vaqt namozni oʻz vaqtida ado etib, shunday bardavom boʻlsa, Alloh taolo uni toʻqqizta neʼmat ila ikrom qiladi:

1. Alloh uni yaxshi koʻradi.
2. Badani sogʻlom boʻladi.
3. Farishtalar qoʻriqlaydi.
4. Hovlisiga baraka yogʻiladi.
5. Yuzida solihlarning belgisini zohir qilib qoʻyadi.
6. Qalbini muloyim qilib qoʻyadi.
7. Sirot koʻprigidan chaqmoq chaqqanidek (tez) oʻtib ketadi.
8. Alloh unga doʻzaxdan najot beradi.
9. Xavf va gʻam-gʻussasi boʻlmagan kishilar bilan birga (jannatda) yonma-yon qilib qoʻyadi”.
Nazarmahram uz

@huzayfa_tv