Get Mystery Box with random crypto!

#tizginsiz_oʻylar #erinmang_oʻqing Tun. Soat 01:16... Kechi | Tasmiya

#tizginsiz_oʻylar
#erinmang_oʻqing

Tun. Soat 01:16...
Kechinmalar, oʻy-hayollar sabab uyqu hayallab qoldi.

Ayta olasizmi dardingiz nima?

Kimdir kichik, kimdir katta tashvishlar-u oʻylar girdobida. Pafosga yoʻgʻrilgan, purmaʼno soʻzlarni qoʻyaylik. Ha, koʻp eshitganmiz "Sogʻlik-tuman boylik", "Hayotda eng asosiy narsa sogʻlik" deb. Tanangizda his qilib ham koʻrgandirsiz, issiq jon hammamiz ham ogʻriymiz. Lekin, shifo topganimizdan soʻng unutamiz, hammasi yaxshi shukr deb qoʻyamiz. Yana maishiy yumush va ishlarimizga koʻmilamiz. Dardimiz oʻzgaradi, fikrimiz oʻzgaradi, maqsadimiz oʻzgaradi. Kimlarningdir dardi - pul, boylik, mansab, mukofot, obroʻ-eʼtibor, sevgi-muhabbat va hokazolar... (Qoʻying endi vijdonan tan oling, ichingizda har bir ishdan shaxsiy manfaat kutishingizni)

Kuni kecha shahar koʻp tarmoqli klinikasida 3-4 bemor bilan qisqa suhbatda boʻldim. Ularning dardi faqat SHIFO.
Biri dedi: "Qizim, umrim davomida oʻzimga toʻq, mol-u davlatli, shavkat-shonli, obroʻli boʻlib yashadim. Lekin, dard belimni bukdi. Shundan keyingina asl hayot mazmuni nima ekanligini tushundim. Toʻrt devor orasida butun umrimni koʻz oldimdan oʻtkazdim, umrimni bekor oʻtkazibman...(yigʻladi)".

Yana biri dedi (chamamda 12-13yoshli bola): "Opa kasalim minglab odamlar orasida bitta uchrarkan, Alloh shu odamlar ichidan saralab olganini qarang. Ramazon oyida vafot etganlar jannatga kirarkan eshitganmisz?! Men roziman...(U tabassum qildi, men yigʻladim)

Uyga qaytayotib oʻyladim. Shunday dardi bor insonlar hayot falsafasini anglayotgan bir paytda, men qayoqdagi arzimagan mayda tashvishlarga koʻz yosh toʻkibman, uyaldim. Dardim deb ataganlarim asli hech narsa ekan. Balki siz ham arzimas narsalar uchun joningizni siqayotgandirsiz? Bilmam, lekin oʻzingizni bunchalik qiynamang barchasi oʻtgusidir

@Husnora_Axadova