Get Mystery Box with random crypto!

#Iqror Shu kunlarda 'Chunki Sen Allohsan...' kitobining mutol | Tasmiya

#Iqror

Shu kunlarda "Chunki Sen Allohsan..." kitobining mutolaasidaman. Ham oʻqiyabman, ham oʻqiganlarimning tahliliga oʻtganim sari iqrorlarim oshib bormoqda. Bugungi kunimdagi bir hodisani qisqa bayon qilmoqchiman :)

Erta tongdan Referendum saylov uchastkasiga bordim, bugun men navbatchi edim. Shu ishlarimni qilib oʻtirgandim chiroq oʻchib qoldi, chiroqni generator orqali yoqdik. Keyin kompyuter umuman oʻchib qoldi, ishlatishni imkoni boʻlmadi. Lekin bugun oxiriga yetkazishimiz kerak boʻlgan xat-hujjat ishlari bor edi. Keyin hujjatlarni olib Mirobod tuman hokimiyatiga bordim. Qarabsizki, u yerda ham texnik nosozlik kompyuterlar ishlamay qoldi. U yerdan ham tezda chiqib ishxonaga keldim. Saylov uchastkasidan telefon qilishdi, ketganingizdan keyin kompyuter ham ishlab ketdi deb. Ishxonada kompyuterda ishimni tugatishimni aytdim. Bu degani ishda oʻtirishga ham, saylov uchastkasida oʻtirishga ham hojat yoʻq degani edi

Niyyatim "Beruniyga" Yoshlar ittifoqiga "Suv va xurmo" loyihasiga borish edi. Soat 15:15gacha boʻlgan ishoralar, yaratilgan sharoitlar miyamga signal boʻlib keldi, yaʼni shu qadar xohlagandim borishni lekin navbatchi boʻlganim uchun saylov uchastkasidan chiqish mumkinmasdi. Alloh kutilmagan sabablar bilan shu istagimni amalga oshirish uchun imkoniyat berdi.

Ishoning sizning ham hayotingizda bunaqa vaziyatlar koʻp shunchaki sezmaysiz, yoki eʼtibor qilmaysiz...
Kitoblarni shunchaki soni uchun emas, tahlil va xulosalar chiqarish uchun oʻqish kerak.

Xullas, hurmatlilar! Ichimdagi his qilganlarimni toʻlaqonli yoza olmadim(

@Husnora_Axadova