Get Mystery Box with random crypto!

#mutolaadan Alloh senga yomonlik yetishini xohlamas ekan, bu | Tasmiya

#mutolaadan

Alloh senga yomonlik yetishini xohlamas ekan, butun olam birlashib ham senga zarar yetkaza olmas.
Alloh senga yomonlik yetishini taqdir etar ekan, butun olam birlashib ham sendan u baloni daf qila olmas.


"Chunki Sen Allohsan..."
Ali Jobir Fayfiy


Boshimizga kelgan har yaxshiligu yomonlik qadarimizdan. Yaxshi kunimizda Allohni unutib, yomon kunimizda isyonkorlardan boʻlib qolmaylik.

As-Somad - Behojat zot! Har qanday holatimizda unga yuzlanib, u bilan qanchalik yaqin boʻlsak, bas, U bizni olti tomonimizdan himoya qiladi.
Marhamatli zot, hattoki yomonlikni, baloni ham oʻziga yaqin qilish uchun, unga yuzlanishimiz uchun taqdir qilib berar ekan.

As-Somad (Behojat zot) bilan yangidan ahd tuzing va ertangi kuningiz bugungidan-da yaxshiroq boʻlishiga ishoning!

Kuningiz xayrli boʻlsin

@Husnora_Axadova