Get Mystery Box with random crypto!

#tizginsiz_oʻylar Samarqandga har borganimda yoʻl yuzidagi b | Tasmiya

#tizginsiz_oʻylar

Samarqandga har borganimda yoʻl yuzidagi bir uyga koʻzim tushardi. Judda oddiy, loy devor, hattoki tomi ham loydan suvalgan bir uy. Har safar shu uyni kuzatib oʻtib ketardim, bir safar chamasi 4-5 yil oʻtib, yoʻl yuziga yaqinroq qilib hashar yoʻli bilan uy solishibdi. Bilmadim yoʻlga juda yaqin boʻlgani uchunmi masʼullar kelib buzdirib tashlashibdi. Bu voqeaga ham ancha yillar boʻldi. Boquvchisi yoʻq oila chamamda, 10yildan oshiq vaqt kuzatib yurdim, toʻgʻrirogʻi har Samarqandga borganimda, bir yo ikki yilda bir marta koʻraman. 10yil oʻtdiki uyda hamon oʻzgarish yoʻq, hovlida oʻynab yuradigan kichkina bolachalar ulgʻayib qolishibdi.

Nimagadir shu yoʻldan oʻtsam koʻzlarim aynan shu hovlichani qidiradi. Koʻrib, Allohga shukrlarim ortadi.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor, aslida ularning emas bizning holimiz ayanchli, kuzatuvchi boʻlib qolayabmiz xolos...

(Rasm ijtimoiy tarmoqdan olindi, men taʼriflayotgan uyga oʻxshash)

@Husnora_Axadova