Get Mystery Box with random crypto!

OGOHLIKKA DAʼVAT! Azizlar! Ijtimoiy tarmoqlarda Husayn Buxor | Husayn Buxoriy

OGOHLIKKA DAʼVAT!

Azizlar!

Ijtimoiy tarmoqlarda Husayn Buxoriy nomidan sahifa ochib, unga turli maʼlumot qoʻyayotganlar, eng achinarlisi – u kishining nomlaridan savollarga oʻzicha sharʼiy javob berayotganlar koʻpayib qolibdi.

Ogoh boʻling!

Yana bir bor eslatib oʻtamizki, Husaynxon Yahyo Abdulmajid ijtimoiy tarmoqlarning birortasida – telegram, feysbuk, yutub, instagram kabilarning birortasida shaxsan oʻzlari faoliyat olib bormaydi. @husayn_buxoriy sahifasi esa ustozning muxlislari tomonidan yuritiladi. Ammo bu sahifada ham savollarga javob berilmaydi.

Ogoh boʻling!

Ijtimoiy tarmoqlarda u kishining nomlaridan gapirayotgan, savollarga javob berayotgan, sahifa ochib, faoliyat yuritayotganlarga aldanib qolmang.

Savollaringiz boʻlsa, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Fatvo markaziga qoʻngʻiroq qilib, javob olishingiz mumkin (78-150-33-44)

@husayn_buxoriy