Get Mystery Box with random crypto!

Eng go‘zal qissa! Bugun Ramazon tuhfasi ruknida e’tiboringizg | Husayn Buxoriy

Eng go‘zal qissa!

Bugun Ramazon tuhfasi ruknida e’tiboringizga havola qilinayotgan, ustozimiz Husayn Buxoriy tomonlaridan tilovat qilingan suralarning navbatdagisi Yusuf!

Qur’oni Karimdagi eng go‘zal qissa bo‘lmish* ushbu surai karima 2017-yilgi Ramazonda taroveh namozidan yozib olingan.

Ulamolar Yusuf surasi haqida: «Kimning g‘am-u tashvishi bo‘lsa, Yusuf surasini o‘qisin, qalbi taskin topadi», deyishgan.

Yana ba’zi ulamolar aytishadi: «Jannatiylar jannatda ne’matlardan bahramand bo‘lishar ekan, yanada ko‘proq rohat olishni istashar ekan. Shunda Yusuf va Maryam surasini o‘qishadi».

Bugun 19:00 da Yusuf surasi haqidagi yuqoridagi va boshqa fazilatlatlarni o‘zingiz his qilishingiz mumkin.

Ustozimiz tomonlaridan go‘zal holda tilovat qilingan mazkur qiroat, aytganimizdek, bugun 19:00 da YouTube sahifamizga joylanadi, inshaalloh.

YouTube sahifamiz: https://youtube.com/@husayn_buxoriy

* «Biz senga ushbu Qur’onda vahiy qilgan narsamiz ila eng go‘zal qissani hikoya qilurmiz» (Yusuf surasi, 3-oyat)

@husayn_buxoriy