Get Mystery Box with random crypto!

O`tgan kuni bo`lib o`tgan Marketinguz loyihasida FCB Artgroup | Husanmurod

O`tgan kuni bo`lib o`tgan Marketinguz loyihasida FCB Artgroup rahbarlaridan biri Shaxrux Nizamutdinov Agrobank uchun ishlangan yuqoridagi rolikning asl mohiyatini tushuntirib berdi.

Bu rolik "Storytelling" yo`nalishida olingan.Bu yo`nalishda :
Qahramon,anti-qahramon,to`siqlar va ularni yengish,umidsizlik va doimgidek baxtli yakun bo`lishi kerak.

Rolikdagi Bola (Qahramon)da turli hil qiyinchiliklar bo`ladi lekin u bunga har tomonlama moslashishga harakat qiladi.Hammasi yaxshi ketayotganda kutilmaganda baxtsiz hodisa tufayli barchasi barbod bo`ladi va qahramon umidsizlik holatiga tushib qoladi. Bu holatni boshidan kuzatib guvoh bo`lib kelgan amaki (Antiqahramon) ham Agrobank shioridek "o`sadi" fikrlashda ham dunyoqarashda ham,huddi bolakay kabi.Rolik "Storytelling" yo`nalishiga mos ravishda so`nggi qismi Baxtli yakun bilan tugaydi. To`liq mohiyatini chundingiz menimcha)