Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat da | Huquqshunos yordami

Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak?
#abituriyent

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga:

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot